Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

44 
 
MASNAVIY MAShOYIX KALOMI 
TARJIMASIDAKIM, NAF’I VUJUD VA BAZLI MAVJUD DYeBTURLAR 
Vujudung naf’yu mavjudungni bazl et,
Chu mavjud o‘ldi bu ish, kominga yet. 
Ki, faqr ichra nimakim yetkurur sud,
Erur naf’i vujudu bazli mavjud. 
45 
 
BA’ZINING NYeShU JAFOSIDIN NOLA KILG‘ANI VA KYeLSALAR, QOVA OLMASA
MUXLISNI O‘Z QOChARIG‘A HAVOLA QILG‘ANI 
Manga yetsa ming zulm neshi falondin,
Ilojida holimg‘a hayron qolurmen. 
Jafo qilg‘ali qo‘ysa vayronima yuz,
Agar qavlay olmon, qocha xud olurmen. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
389
46 
 
IKKI TOZI BOBIDAKIM, PO‘YaDA BIR-BIRISIDIN QOLIShMAS ERDI OXIR 
BIRI ADAM DAShTIG‘A TYeZTAK KILDI VA BIRI QOLDI 
Ikki tozi bor erdi biyiklikda
Har biri sayd vaqti shershikor. 
Birisi ittiyu biri qoldi,
Itkani sur’at aylabon izhor. 
Bot yetib, saydni qopar erdi,
Bu biri ham anga yeta qopa bor. 
47 
 
BIROV BOBIDAKIM, BU SAROYIN SOTIB, FISQ ASBOBI TUZDI VA
BU FISQ ASBOBI BILA UL SAROYIN BUZDI 
Faloni mardak ar sotti saroyin,
Demakim, ul saroyin yaxshi tuzdi. 
Qilib ikki saroyig‘a ajab ish,
Bu birni sottiyu ul birni buzdi. 
48 
 
HAZRAT NABAVII HADISI TARJIMASIDAKIM, KUN FI-D-DUNYo
KA-ANA-KA G‘ARIB AV OBIRU SABIL 
Dedi hazrati mufhiz koinot,
Anga kim edi huznin o‘ksitguchi. 
Ki, dunyoda bo‘lg‘il nechukkim, g‘arib
Va yoxud aningdekki, yo‘l o‘tkuchi. 
49 
 
POKBOZLARNING POK HUSNI VA ILOHII BO‘LMOQ BILA RUHLARIG‘A ShOIBAI 
OLOYISh 
VA NAFSLARIG‘A TASAVVUR OSOYISh YUQLUG‘IDA 
Poklar chinu chigil husni aro bo‘lg‘an ila,
Kimsa oloyish alar jonibig‘a yo‘l bermas. 
Kim necha rang rayohin uza eskan birla,
Yel hariri, qolagay bo‘lmag‘i mumkin ermas. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin