Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Mast bo‘lg‘aykim, aning holig‘a qolg‘ay lol subh. 
Ey Navoiy, istasang sidqu safo g‘am shomida,
Bo‘lma g‘ofil, toki qilg‘ay jilva farruxfol subh. 
105 
Zihi shahdi no‘shung bag‘oyat malih,
Musalsal so‘zung benihoyat malih. 
Shakardek labing keldi ishq ahlidin,
Demak shukr shirin, shikoyat malih. 
Malohatdin ul la’li koni namak,
Ajab ermas andin rivoyat malih. 
Dam urma raqib, ul desun, so‘zki bor:
Malohatlig‘ eldin hikoyat malih. 
Ne yanglig‘ takallumdur, oyoki, bor
Sarih etsa Shirin kinoyat malih. 
Ochig‘lan gahi qullaringg‘aki, bor
Raiyatqa shahdin rioyat malih. 
Navoiy yarasig‘a ko‘p sepma tuz,
Necha bo‘lsa nutqung bag‘oyat malih. 
106 
Boshima yetkurdi tig‘ ul sho‘xi mah paykar saboh,
Kosh ro‘zi bo‘lsa bu axtar tulu’i har saboh. 
Vasl subhi ul saodat kavkabi ko‘rguzdi yuz,
Ul sifatkim, jilva qilg‘ay xisravi xovar saboh. 
Yor vasli xushturur, gar zulf, agar yuz ko‘rguzar,
Vasl davri ayshdur, gar shom bo‘lsun, gar saboh. 
Tong yo‘q ul mahvash mug‘anniy tutsa jomi may sabuh,
Ne uchunkim Zuhradur toli’, bo‘lur axtar saboh. 
Yorutub har tun shabistonni, sahar uyqudadur,
Ne taajjub, gar g‘urub aylar mahi anvar saboh. 
Taxtai ishqin o‘qirmen maktab ichra, chun qo‘yar
Lavhi siymin qo‘ynig‘a ul sho‘xi siyminbar saboh. 
Hajr subhu shomi mendek bo‘lmasun ishq ahlikim,
Muztaribmen shom o‘z holimg‘ayu muztar saboh. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
Bosh ko‘tarma dayr piri ostonidin kecha, 
Gar tilar bo‘lsang mug‘ona ichkasen sog‘ar saboh. 
Ko‘yi tufrog‘in Navoiy ohi sovurdi sahar,
Ishrat ahli uylakim raf’ etsalar bistar saboh. 
XYe HARFINING XO‘BLARINING XIROMI «FAVOYID»DIN 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin