Xlor. Xlorid-anioni
(CI
-
) shaklida ayrim o’simliklarda turgor holatni boshqarishda
ishtirok etadi va
suvni fotosintetik parchalanib, kislorod hosil bo’lishda, hujayrani
bo’linishida osmotik potensial hosil qilishda qatnashadi. Xlor ionlari hujayraga RO
4
-3
ionlarni kirishiga ta’sir qiladi. Ma’lumki, xlor fotosintetik fosforlanishni stimullaydi
biroq, bu jarayonda uni roli hozircha aniqlanmagan. Oddiy sharoitda o’suvchi
yovvoyi va madaniy o’simliklar xlor tanqisligini sezmaydi.
Bracha o’simliklar ham zarur bo’lgan hamma elementlarga
zarurati bir xil
bo’lmaydi. Bor g’alladoshlarga kerak emas. Kalsiy tuban suv o’tlaridan ko’ra
ko’proq yuqori o’simliklar uchun zarur bo’ladi. O’simliklarda uchiraydigan ayrim
mikroelemetlar (bariy, qo’rg’oshin) inert yoki zarar (alyuminiy) bo’lishi mumkin.
Ko’pchilik ME ortiqcha dozada (marganes, mis,temir) toksik modda bo’lib qoladi.
Shunday qilib mikroelementlar mineral oziqlanishda muhim fiziologik ahamiyatga
ega. Ularni yo’qligi yoki yetishmovchiligida o’simlik o’z hayot siklini amalga oshira
olmaydi. Agar ularni biokimyoviy roli va
fiziologik funksiyasiga kelsak, barcha
elementlar ikkiga (makro- va miroelementga) emas, Mendel va Kibri fikriga ko’ra 4
ta gruppaga bo’lish mumkin. Birinchi gruppaga organik birikmalarni asosiy qismini
tashkil
etuvchi (N, S) elementi kiradi. Ikkinchi gruxga energiyani tashishda yoki
hujayra va uni organellalarining strukturasini bir butun
saqlashda ishtirok etuvchi
elementlar
(P, Ca, Mg, Si) kiradi. Uchinchi guruxga
(K, Na, Ca, Mn, CI) erkin ion
holda to’qmalarda yoki osmotik potensialni ushlab turish uchun va fermentlar
kofaktori bo’lgan turli xil birikmalar tarkibiga kiradi. To’rtinchi guruxga elektronlar
tashishda
ishtirok etuvchi (Fe, Cu, Zn, Mo) elementlar kiradi