- 39 -
shaxslar trotuar yoki yo‘l yoqasidan yurib, boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit
berayotgan bo‘lsa, ular qatnov qismining chetidan yurishlari kerak.
Trotuarlar, piyodalar yo‘lkasi, yo‘l yoqasi bo‘lmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati
bo‘lmagan hollarda piyodalar velosiped yo‘lkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi
bo‘lagi bor yo‘llarda qatnov qismining o‘ng chetidan) bir qator bo‘lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida, yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan
piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo‘nalishda yurishlari kerak.
Nogironlarning motorsiz aravasida ketayotgan yoki mototsikl, moped, velosiped yetaklab
ketayotgan shaxslar, bunday hollarda transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab yurishlari
kerak.
2. Piyodalar kolonna bo‘lib har bir qatorda to‘rt kishidan ortiq bo‘lmasdan, yo‘lning qatnov
qismida, faqat transport vositalarining harakat yo‘nalishi bo‘ylab, o‘ng tomondan yurishga ruxsat
etiladi.
Kolonnaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qorong‘i vaqtda yoki
ko‘rinish yetarlicha bo‘lmagan sharoitda esa, oldinda oq, orqada qizil chiroq ko‘targan
kuzatuvchilar bo‘lishi kerak.
Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo‘lkalaridangina, ular bo‘lmaganda esa, yo‘l
yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
3. Piyodalar yo‘lning qatnov ustki piyodalar o‘tish joylaridan, shuningdek,yer osti vayer
usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab
kesib o‘tishlari kerak.
Ko‘rinadigan oraliqda o‘tish joyi yoki chorraha bo‘lmasa, ajratuvchi bo‘lagi va to‘sig‘i yo‘q
yo‘llarda, piyodalar yo‘lning ikki tomoni yaxshi ko‘rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga
nisbatan to‘g‘ri burchak ostida kesib o‘tishlari ruxsat etiladi.
4. Piyodalar yo‘l harakati tartibga solingan joylarda tartibga soluvchining yoki
svetoforlarning, ular bo‘lmaganda esa, transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.
Piyodalar harakat tartibga solinmaydigan o‘tish joylarida yaqinlashib kelayotgan transport
vositasigacha bo‘lgan masofani va uning tezligini chamalab ko‘rib, o‘tish o‘zlari uchun xavfsiz
ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan so‘ng yo‘lning qatnov qismiga chiqishlari mumkin.
Shuningdek, ular yo‘lning qatnov qismini ruxsat etilgan joylaridan tashqarida kesib o‘tishda
transport vositalarining harakatlanishiga halaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport
vositalari yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan turib ko‘rinishni cheklovchi to‘xtab turgan transport
vositasi yoki boshqa biror to‘siq panasidan chiqmasliklari kerak.
5. Agar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lmasa, qatnov qismiga
chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va to‘xtamasliklari kerak. O‘tishga ulgurmagan piyodalar
qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda to‘xtashlari lozim. Keyingi
harakatlanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng va svetofor yoki tartibga
soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda,o‘tishni davom ettirishlari mumkin.
6. Yalt-yalt etuvchi ko‘k rangli yoki ko‘k va qizil rangli chiroq mayoqchasi va (yoki)
maxsus tovush beradigan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo‘lsa, piyodalar qatnov
qismidan o‘tmasliklari, unda harakatlanayotganlar esa bu transport vositalariga yo‘l berishlari va
zudlik bilan qatnov qismini bo‘shatishlari kerak.
7. Belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalari va taksilarni faqat bekatlarda, ular
bo‘lmagan taqdirda esa, trotuar yoki yo‘l yoqasida kutish kerak. Maxsus jihozlangan bekatlari
bo‘lmagan to‘xtash joylarida transport vositasi to‘la to‘xtagandan so‘ng unga chiqish uchun
yo‘lning qatnov qismiga chiqish ruxsat etiladi. Undan tushgandan keyin, ushlanib qolmasdan
yo‘lning qatnov qismini bo‘shatishlari shart.
Nazorat savollari:
1. Piyodalar harakati qanday tashkil qilinadi?
2. Piyodalar harakatini tashkil etishning necha tamoyili mavjud?
3. Ziddiyatsiz harakat qanday tashkil qilinadi?
Dostları ilə paylaş: