3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari


ha ra ka t m iqdori, mi ng a vtosu tka



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/21
tarix06.02.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#83207
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘

 
ha
ra
ka
t m
iqdori,
mi
ng a
vtosu
tka
 
 
2.1-rasm. Yillar davomida harakat miqdorining o‘zgarishi 
1-Toshkent-Qo‘qon yo‘lining 14 - km uchun 
0
2
4
6
8
10
12
14
16
1994
1995
1996
1997
1998
1999
2000
2001
йилла
р 




- 30 - 
2-Qorasuv-Bekobod yo‘lining 4 - km uchun 
ha
ra
ka
t m
iqdori,
mi
ng a
vto/
sutka
2.4-rasm. Hafta kunlarida harakat miqdorining o‘zgarishi. 
1-Toshkent-YAngiyo‘l; 2-Toshkent-CHimgan. 
Nazorat savollari: 
1. Harakat miqdori nima? 
2. Harakat tarkibi nima? 
3. Harakat tezligi nima? 
4. Oqim zichligi nima? 




душан сешан 
чорш 
пайш жума шанба якшан 


хафта 
кунлари 


- 31 - 
15-16-mavzu: Piyodalar ishtiroqidagi YTH va ularning ko‘rsatkichlari. 
Tayanch iboralar: YTH. YTH to‘g‘risida tushuncha. YTH shartlari. YTH turlari. Tayanch 
iboralar: YTH hisobga olish. Davlat statistikasiga kiritiladigan YTH lar. Davlat statistikasiga 
kiritilmaydigan YTH lar. YTH kartochkasi. YTH keltiriladigan iqtisodiy zararlar. 
 
Yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risida tushuncha 
Avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va maydonlarida transport vositalarining normal 
harakat rejimining buzilishi oqibatida insonlar halok bo‘lishiga, tan jarohat olishiga, shuningdek, 
transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga, yo‘ldagi sun’iy inshootlarning 
zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar yetkazishga sababchi bo‘luvchi halokatlarga 
yo‘l-transport hodisasi (YTH) deyiladi. Bu ta’rifga ko‘ra YTHda ikkita omil bo‘lishi shart. 
Birinchisi - katta miqdordagi moddiy zarar, tan jarohati yoki o‘lim. Ikkinchisi harakatdagi transport 
vositasi. 
YTH vujudga kelishida umumiy tizimga kiruvchi «A-H-Y-P-M» elementlaridan biri yoki 
bir nechtasi birgalikda normal harakat rejimini buzishga sababchi bo‘lishi kuzatiladi. 
Har bir YTHda shartli ravishda uchta fazani ajratish mumkin: boshlang‘ich, kulminatsion va 
yakuniy. Ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisining davomi bo‘lishi mumkin.
YTHning boshlang‘ich fazasi deganda avtomobillarning va piyodalarning xavfli vaziyat 
oldidagi harakatlanish sharoiti tushuniladi. Xavfli vaziyat deb shunday yo‘l harakat sharoiti 
tushuniladiki, unda harakat qatnashchilari YTHning oldini olishga imkoniyatlariyetarli, agarda 
tezda bu imkoniyatdan foydalanilmasa yoki ko‘rilgan choralar samarasi yetarli bo‘lmasa, unda 
avtomobillar va piyodalar yaqinlashuvi falokatli (avariya) vaziyatni vujudga keltiradi. 
Falokatli vaziyatda harakat qatnashchilarining YTHni oldini olish bo‘yicha texnik 
imkoniyatlari yetarli bo‘lmaydi va u sodir bo‘ladi. 
YTHning kulminatsion fazasi og‘ir oqibatlar yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi 
(piyodalarning va haydovchilarning tan jarohati olishi yoki haloq bo‘lishi, transport vositalarining 
buzilishi).Bu faza bir necha daqiqa, ob-havoning yomon sharoitlarida esa bir necha minutlargacha 
davom etishi mumkin. Bunday holda asosan bir nechta transport vositasi ishtirok etadi va uni 
ko‘pincha «zanjirli» YTH ham deyiladi. 
YTHning yakuniy fazasi kulminatsion fazasidan keyin transport vositasi harakati 
to‘xtashining oxiriga to‘g‘ri keladi.Ba’zi vaqtda transport vositasi harakati to‘xtasa ham yakuniy 
faza davom etadi. Masalan, ag‘darilib ketgan avtomobilda yong‘in chiqish hollari. 
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra YTH quyidagi 9 turdan iborat: 
1. To‘qnashuv.Bunga transport vositalarining qarama-qarshi tomonidan, bir yo‘nalishda 
yoki yon tomondan harakatlanayotgan vaqtdagi to‘qnashuvi, shuningdek, temir yo‘l transporti bilan 
avtomobil transportining to‘qnashuvi kiradi.Bu turdagi YTHga to‘satdan to‘xtagan transport 
vositasi bilan to‘qnashish ham kiradi. 


- 32 - 
2. Ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish. Harakatlanayotgan transport vositasi o‘z turg‘unligini 
yo‘qotib ag‘darilishi.Bu turdagi yo‘l transport hodisasiga to‘qnashuv, to‘xtab turgan transport 
vositalariga yoki to‘siqqa urilish natijasida transport vositalarining ag‘darilishi kirmaydi.Ag‘darilib 
ketish YTHda asosan bitta transport vositasi ishtirok etadi. 
3. Turgan transport vositasini urib ketish. Harakatlanayotgan transport vositasining 
harakatlanmayotgan (V=0) transport vositasiga urilishi.Bu turdagi YTHga birdaniga (to‘satdan) 
to‘xtagan transport vositasining urilishi kirmaydi. 


- 33 - 
4. To‘siqlarga urilish. Transport vositalarining qo‘zg‘almaydigan to‘siqlarga (ko‘prik
tayanchiga, simyog‘och va machta tayanchiga, yo‘l to‘siqlariga, daraxtlarga va h.k.) urilishi. 


- 34 - 
5. Piyodalarni bosib (urib) ketish. Transport vositalari piyodalarni urishi yoki piyodalar transport 
vositalariga urilishi, shuningdek, tashilayotgan yukdan (yog‘och, truba, plita va h.k.) piyodalarning 
shikastlanishi ham kiradi. 
6. Velosipedchini bosib (urib) ketish. Transport vositasi velosipedchini bosishi (urishi) yoki 
velosipedchi transport vositasiga urilishi. 


- 35 - 
7. Aravani bosib (urib) ketish. Harakatlanayotgan transport vositasi harakatlanayotgan 
aravani urib ketishi. 
8. Hayvonlarni urib (bosib) ketish. Transport vositasi yovvoyi yoki uy hayvonini urib 
ketishi. 
9. Boshqa (qolgan) YTH. Bu turdagi YTHga tramvayning relsdan chiqib transport vositasini 
yoki piyodalarni urishi, yuk avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida bo‘ladigan falokatlar, 
passajirning yiqilib tushishi va h.k. kiradi. 
Quyidagilar YTH sifatida hisobga olinmaydi: 
-traktorlar, boshqa o‘zi yurar mashinalar va mexanizmlar bilan ular mo‘ljallangan asosiy 
ishlab chiqarish amallarini (er haydash, xandoqlar qazish, dalada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
yig‘ish, avtokranlar yordamida amalga oshiriladigan yuk ortish-tushirish ishlari, machta 
tayanchlarini o‘rnatish va h.k.) bajarayotgan vaqtda ro‘y bergan hodisalar (ular asosan 
ekspluatatsiya tartiblarini va texnika xavfsizligiga rioya qilinmaganlikdan kelib chiqqan hodisalar); 
-odamlarni hayotdan mahrum etish yoki ular salomatligiga, yohud mulkiga zararyetkazishga 
qaratilgan qasddan qilingan harakatlar natijasida vujudga kelgan hodisalar; 
-jabrlanuvchining o‘z joniga qasd qilishga urinish oqibati hisoblangan hodisalar; 
-tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan hodisalar; 


- 36 - 
-haydovchi rulda bo‘lmagan paytda texnika xavfsizligining buzilishi natijasida vujudga 
kelgan hodisalar (motorni dastak bilan o‘t oldirish yoki ulamada turgan motorni o‘t oldirish va 
h.k.); 
-xududi yopiq bo‘lgan tashkilotlarda, aerodromlarda, harbiy qism-larda va boshqa 
qo‘riqlanadigan ob’ektlarda vujudga kelgan hodisalar; 
-sport yig‘inlarini o‘tkazish davrida transport vositasining nosozligi yoki haydovchi-
sportsmen yoki boshqa qatnashchilarning aybi bilan vujudga kelgan hodisalar; 
-harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik nosozligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
yong‘inlar. 
Norvegiya, Oslo transport iqtisodiyoti instituti tomonidan 1996 yil chiqarilgan yo‘l harakati 
xavfsizligi ma’lumotnomasiga ko‘ra, 2000 yil butun dunyo bo‘yicha YTHda haloq bo‘lgan insonlar 
soni bir millionga yetgan. Shuni aytish lozimki, 1991 yilda, yer yuzida [7] YTHda 500.000 kishi 
haloq bo‘lgan, 1981 yilda esa 250.000 inson haloq bo‘lgan.Demak, 10 yil ichida falokatlar soni 2 
barobarga o‘sgan. YTH statistik ma’lumotlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yigirma yil 
davomida ularning miqdori 4 martaga yaqin oshgan. 
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llarida 1981-2001 yillarda sodir etilgan YTH (3.1-
rasm) jahon miqyosidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan oxirgi 10 yil ichida kamaydi. Masalan, 1991 yil 
18272 bo‘lsa, 2000 yilga kelib 10941 ta sodir bo‘ldi, ya’ni 1,67 barobar kamaydi. 
Avtomobillashtirish rivojlangan davlatlardaYTH oxirgi 7 yil(1993

1999 yillar) ichidagi 
o‘zgarish ko‘rsatkichlari quyidagi 3.1-jadvalda keltirilgan [8]. 
Jadvaldagi ko‘rsatkichlardan ko‘rinadiki, AQSH, Italiya, Polqsha, Turkiya va Portugaliya 
davlatlaridan tashqari barcha davlatlarda YTH umumiy sonining kamayishi kuzatiladi va bunda 
O‘zbekiston Respublikasida 1993 yilga nisbatan 1999 yildagi ko‘rsatkich 12,8 % ga pasaygan. 
Lekin O‘zbekiston uchun mustaqillikka erishgandan keyingi 1992 yildan 2001 yilgacha bo‘lgan 
YTH umumiy sonining kamayishi 27,7 % tashkil etadi, bu ko‘rsatkich avtomobillashtirish yuqori 
bo‘lgan davlatlar erishgan yutuqlarning eng yuqorilardan biridir. 
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
1985
1987
1989
1991
1993
1995
1997
1999
2001
2003

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin