3-mavzu: Yo‘l belgi guruhlari



Yüklə 1,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/21
tarix06.02.2023
ölçüsü1,75 Mb.
#83207
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
3-mavzu Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l ko‘cha sharoitida qo‘

 


- 40 - 
 
18-mavzu. YTH da jarohatlanganlarga 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. 
 
Tayanch iboralar: Tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlari. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlari. 
 
Yo‘l-transport xodisalari jarayonida ro‘y berayotgan shikastlanishlar katta ijtimoiy 
muammolarga aylanmoqda. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligi 
avtoavariyalarning epidemiyasiga yo‘liqgan bo‘lib, undan katta zarar ko‘rsatmoqda. 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, yo‘l-transport hodisalariga uchraganlarga birinchi daqiqalarda 
tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘p jihatdan ular hayotini saqlab qolishga bog‘liq bo‘ladi. Yapon 
mutaxassislarining fikricha, shikastlangan kishi klinik o‘lim holatida 3 daqiqagacha bo‘lsa, hayotni 
saqlab qolish ehtimoli 75% tashkil qiladi.Bu vaqt 5 daqiqaga cho‘zilsa, hayotni saqlab qolish 
ehtimoli 25% gacha kamayadi. Agar 10 daqiqadan ko‘p vaqt o‘tsa, odamni hayotini saqlab qolib 
bo‘lmaydi. 
N.V.Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy tadqiqot institutning ma’lumotlariga ko‘ra, 
yo‘l-transport hodisalarida o‘lganlarning taxminan 17% ning sababi qon oqish, nafas bo‘g‘ilishi va 
boshqa lozim bo‘lgan tibbiy tez yordam ko‘rsatilmagan holatlar tufayli ro‘y bergan. Yo‘l-transport 
xodisalarida og‘ir shikastlanganlarning 60% fojea joyiga, 8% davolash muassasasi yo‘lida o‘limi 
aniqlangan.
Yo‘l-transport xodisasida shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning 3-bosqichida 
amalga oshirish ko‘zda tutiladi: 
Birinchi –xodisa joyida. Bu o‘zi o‘ziga yordam ko‘rsatish va hodisa joyida bo‘lgan 
odamlarning yordami, hamda chaqirilgan tibbiyot xodimlari ko‘rsatgan yordamdan ibora. 
Ikkinchisi – shikastlanganlarni davolash muassasasiga olib borishda yo‘lda ko‘rsatiladigan 
yordam. 
Uchinchi –davolash muassasalaridagi yordam. 
Yo‘l-transport hodisasiga jabrlanganlarning shikastlanish darajasiga qarab jinoyat ko‘rib 
chiqiladi.YTH oqibatida jabrlangan shaxs ulganda haydovchiga juda katta javobgarlik 
yuklatiladi.YTH da o‘lganligini aniqlash uchun, xodisadan keyin odam o‘lgangacha o‘tgan muddat 
bilan aniqlanadi.Turli mamlakatlarda bu muddat turlicha belgilangan. Masalan: Polsha va 
Vengriyada bu muddat 2 kun, avstriyada 3 kun, Frantsiyada 6 kun, Italiya, Rossiya va 
O‘zbekistonda 7 kun deb belgilangan. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining belgilashicha, 
avariyadan keyingi 30kun orasida o‘lganlar, YTH si oqibatida o‘lganlar hisoblanadi. 
Jinoiy javobgarlik kodeksiga asosan og‘ir tan jarohati, uncha og‘ir bo‘lmagan va yengil 
jarohatlarga bo‘linadi.YTH da haydovchining javobgarligi ana shu jarohatlanish darajasi bilan 
belgilanadi.
Og‘ir tan jarohatlariga, hayot uchun xavfli bo‘lgan, eshitish, ko‘rish gapirish, qo‘li, oyog‘ini 
yo‘qotgan, sog‘ligi izdan chiqgan, mehnat qobiliyatini 35% ga yo‘qotganlar hisoblanadi. 
Uncha og‘ir bo‘lmagan tan jarohatlariga hayot uchun uncha xavfli bo‘lmagan, tan a’zolari 
va funktsiyalari yo‘qolmagan, sog‘ligi 4 xaftadan ko‘proq muddatda izdan chiqqan, mehnat 
qobiliyatini 15-35% gacha yo‘qotganlar hisoblanadi.
Yengil tan jarohatlariga sog‘ligini yo‘qotib, 28 kungacha davolangan va mehnat qobiliyatini 
15% gacha yo‘g‘otganlar kiradi. 
Barcha transport vositalarining haydovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Har bir haydovchi 
haydovchilik guvohnomasi olishdan oldin va 6.1 jadvalda keltirilgan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan 
o‘tadilar. Transport vositalarining haydovchilarini dastlabki tarzda majburiy va keyinchalik vaqti-
vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan, shu jumladan, yo‘lga chiqish oldidan va yo‘ldan qaytgandan keyin 
tibbiy ko‘riklarda o‘tish «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi» qonunning 17-moddasida ham 
keltirilgan. 
Agar davlat yo‘l harakati xavfsizligi va transport korxonalaridagi mansabdor shaxslarda
haydovchining sog‘ligiga nisbatan shubha bo‘lsa, unga belgilangan muddatlardan oldin tibbiy
ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin. Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan 
qayta o‘tish haqidagi qaror DYHXX boshqarmasiga bo‘lim va bo‘linmalari boshliqlari va ularning 


- 41 - 
o‘rinbosarlari, ular bo‘lmaganda esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va ularning o‘rinbosarlari 
tomonidan qabul qilinadi. 
№ 
Transport vositalarining nomlari va tasniflari 
Tibbiy ko‘rik muddati 
1. 
Barcha turdagi mototsikl va mopedlar 
3 yilda 1 marta 
2. 
To‘la og‘irlig‘i 3500kg.dan oshmaydigan, o‘rindiqlari 
haydovchilarnikidan tashqari 8 dan oshmagan avtomobillar 
«V» toifasi 
3 yilda 1 marta 
3. 
YUk tashiydigan, to‘la og‘irligi 3500kg dan oshadigan 
avtomobillar, «S» toifasi 
3 yilda 1 marta 
4. 
Yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan va o‘rindig‘i 
haydovchilarnikidan tashqari 8 ta bo‘lgan avtomobil «D» 
toifasi 
3 yilda 1 marta 
5. 
Shtakchi transport vositalari tarkibi V, S yoki D,Ye 
toifalari
3.yilda 1 marta 
6. 
Trolleybus, tramvay
3 yilda 1 marta 
7. 
Barcha toifadagi nogironlar 
2.yilda 1 marta 
8. 
Nogironlar motokolyaskalari 
2 yilda 1 marta 
9. 
Barcha 
turdagi 
haydovchilar: 
-stajirovkani 
o‘tgan, 
haydovchi huquqiga ega nogiron 
-55 yoshga to‘lgan erkaklar, 50 yoshga to‘lgan ayol 
haydovchilar, ulug‘ vatan urushi qatnashchilari 
1 yilda 1 marta 
2 yilda 1 marta 
JAROHATLANISHDA VA QON OQISHDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM 
KO‘RSATISH 


- 42 - 


- 43 - 


- 44 - 
NAFAS OLISH VA YURAK URISHI TO‘XTAGANDA BIRINCHI 
YORDAM KO‘RSATISH 
Nazorat savollari: 
1. Tibbiy yordam ko‘rsatish necha bosqichdan iborat? 
2. Tibbiy ko‘rikni qanday muddatlari mavjud? 


- 45 - 

Yüklə 1,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin