MATHCAD DASTURIDA ALGORITMLASH VA DASTURLASH
Dasturlash Mathcadda asosiy o’rin tutadi. Mathcad ko’plab masalalarni dastursiz echish
imkoninii beradi. Lekin shunday sinf masalalari borki ularni dastursiz echib bo’lmaydi. Mathcad
har qanday murakkab dasturni kiritish imkonini beradi. Mathcadda
dasturlash juda aniq va
tushunarli, unda dastur bir necha ketma-ket formulalarni ifodalaydi.
Dasturlashning asosiy
operatorlari Programming (Dasturlash) panelida joylashgan.
Dastur qatorini kiritish
Dasturni tuzish uchun uning qatorlarini kiritish kerak bo’ladi.
Bu quyidagi keltirilgan
proцedurada bajariladi:
1. Dastur ifodasi nomini kiritish.
2. YUborish operatorini (:=) kiritish.
3. Dasturlash panelidan Add Program Line (Dastur qatorini qo’shish) tugmasini bosish.
4. Paydo bo’lgan kiritish joyiga kerakli operatorlarni kiritish, ortiqcha kiritish joyini olib tashlash.
4.23-rasm. Oddiy chiziqli dasturlar tuzish.
Kerakli kiritish qatorini ochish uchun ko’k burchakli kursorni
qator oхiriga keltirib,
bo’shlik tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak. Agar kiritish qatorini
qator oldidan ochish kerak bo’lsa ko’k burchakli kursorni
qator boshiga keltirib, bo’shlik
tugmasini bosgan holda Add Program Line tugmasini bosish kerak bo’ladi .
Ayrim hollarda, masalan ikki ichma ich joylashgan sikllar orasigi qator qo’shishda bu usul
qo’l kelmay qoladi. Bu holda boshqa usulni qo’llashga to’g’ri keladi.
Bu usul quyidagicha
bajariladi:
1.Sikl ichi qora rangga ajratiladi.
2.Standart vositalar panelidan kesib olish (Cut) tugmasi bosiladi.
3.Add Progrm Line (dasturga qator qo’shish) dasturlash paneli tugmasi bosiladi.
4.Qator kiritish joyiga kursor qo’yilib, standart vositalar panelidan qo’yish (Paste)
tugmasi
bosiladi.
5.Paydo bo’lgan kiritish joyi to’ldiriladi.
Bu usul barcha hollarda ham qator kiritishda qulaylikni beradi.