Mathcad dasturida algoritmlash va dasturlash


-rasm. Shartli funksiyani uch usulda hisoblash



Yüklə 230,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix07.02.2023
ölçüsü230,21 Kb.
#83319
1   2   3
8m

 
4.24-rasm. Shartli funksiyani uch usulda hisoblash. 
Sikl opreratori. 
Mathcadda ikkita sikl operatori mavjud: FOR va WHILE. 


• Agar siklda takrorlanish soni oldindan ma’lum bo’lsa, u holda FOR operatori ishlatiladi. 
• Agar sikl ma’lum shartning bajarilishi ichida takrorlanishi lozim bo’lsa, u holda WHILE operatori 
ishlatiladi. 
WHILE operatori
While sikl operatori takrorlanishlar soni oldindan aniq bo’lmagan hollarda takrorlanishni 
biror bir shartning rost bo’lishida bajaradi. Berilgan shart oldin tekshirilib, keyin shartning 
bajarilishiga qarab uning tarkibidagi operatorlar bajariladi.
While sikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma ketliklarni bajarish lozim: 
1. Kursorni dastur kiritish kerak bo’lgan bo’sh joyga qo’yiladi. 
2. Dasturlash panelidan While Loop (Sikl While) tugmasi bosiladi. 
3. While operatorining o’ng tamonidan shart (mantiqiy ifoda) kiritiladi.
4. While operatori pastidan sikl hisoblashi lozim bo’lgan ifodalar kiritiladi. Agar siklda bir 
necha ifodalarni hisoblash kerak bo’lsa, oldin kursorni kiritish joyiga qo’yib, keyin Add Program 
Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi o’rta qavs) tugmasini sikl nechta qatorni o’z 
tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kerak bo’ladi. Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan 
to’ldirib, ortiq kiritish joyi olib tashlanadi. Quyidagi 5.25-rasmda misol tariqasida berilgan 
qiymatdan biron vektorning birinchi katta qiymatini aniqlash keltirilgan.
4.25-rasm. Dasturlashda While sikl operatorini qo’llash
 
FOR operatori 
For sikl operatorini takrorlanishlar soni oldindan aniq bo’lganda ishlatish maqsadga 
muvofiqdir. For operatorining takrorlanishini, undan oldin berilgan o’zgaruvchi aniqlaydi.


For sikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma ketliklarni bajarish lozim: 
1. Kursorni dastur kiritish kerak bo’lgan bo’sh joyga qo’yiladi. 
2. Dasturlash panelidan For Loop (Sikl For) tugmasi bosiladi. 
3. For operatorining o’ng tamonidan o’zgaruvchi nomi kiritilib, ungan keyin o’zgaruvchining 
o’zgarish diapazoni beriladi. Sikl o’zgaruvchisi sonlar qatori yoki vektor bo’lishi mumkin. 
Masalan rasmda o’zgaruvchi qiymatlari verul bilan ajratilgan vektor qilib berilgan.
4. For operatori pastidan sikl hisoblashi lozim bo’lgan ifodalar kiritiladi. Agar siklda bir necha 
ifodalarni hisoblash kerak bo’lsa, oldin kursorni kiritish joyiga qo’yib, keyin Add Program Line 
(Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi o’rta qavs) tugmasini sikl nechta qatorni o’z tarkibiga 
kiritsa shuncha marta bosish kerak bo’ladi. Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan to’ldirib, 
ortiq kiritish joyi olib tashlanadi. Quyidagi 4.26-rasmda keltirilgan misolda berilgan qiymatdan 
biron vektorning birinchi katta qiymatini aniqlash berilgan.
4.26-rasm. Dasturlashda For sikl operatorini qo’llash. 
 
 

Yüklə 230,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin