Qarori yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV



Yüklə 148,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix09.02.2023
ölçüsü148,6 Kb.
#83567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
PQ 2733 сон 19 01 2017  Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-yanvar,
PQ-2733-son


O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi
PQ-2733-son 
qaroriga
 
1-ILOVA
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda —
yuridik xizmat deb ataladi) qo‘yiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va
javobgarligini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari,
xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
3. Boshqa tashkilotlar uchun ushbu Nizom talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
4. Yuridik xizmat — davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida
qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki
joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
Yuridik xizmat bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga bo‘ysunadi.
5. Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro
shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta
yuriskonsult yoki yuriskonsultdan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va
tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
6. Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
va qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga
amal qiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli 
Farmoni
 tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
7. Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan
yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha
professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini
tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuridik xizmat boshlig‘i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat
yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish
markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan
namunadagi diplomni olgan, shuningdek, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish
stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda
adliya organlarida stajirovkadan o‘tadilar.
Adliya organlarida stajirovkadan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan belgilanadi.
8. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat
organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.


Tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy darajadagi davlat organlari va
tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod
qilinadilar.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan
kelishish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
9. Davlat organi va tashkilotida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan
yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha
professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini
tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim
muassasasining “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining
bitiruvchi kursi talabasi yoki magistranti ishlashi mumkin.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyuldagi PF-5475-
sonli 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 06/18/5475/1489-son)
10. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi va yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin
emas.
11. Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati xodimlariga martaba darajalari beriladi
hamda ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda
to‘lanadi.
12. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatining xodimi sifatidagi mehnat staji boshqa davlat
organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlariga o‘tganda
martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalarni to‘lash uchun
mo‘ljallangan mehnat staji hisobiga olinadi.
13. Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda
har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan
o‘tadilar.
14. Davlat organlari va tashkilotlarida har yili mazkur davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida
qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etilishi ahvoli to‘g‘risidagi yuridik xizmatning hisoboti
eshitiladi.

Yüklə 148,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin