Iqtisodiy rivojlanish va innovatsion faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, davlat
tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarish
jarayoniga joriy etish uchun tegishli shart-sharoitlar, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim
jarayonining yanada takomillashtirilgan shakllariga bosqichma-bosqich o‘tishi uchun imkoniyatlar
yaratiladi.
Ta’lim
tashkilotlari
eksperimental
va
innovatsion
faoliyatda
masofaviy
ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishi mumkin.
37-modda. Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Ta’lim tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ularning rasmiy veb-saytlarida Internet
jahon tarmog‘ida joylashtiriladigan ta’lim tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ochiq axborot resurslari
bilan ta’minlanadi.
Ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlarida quyidagilarni joylashtiradi:
ta’lim tashkilotining ustavi;
ta’lim berish tillari haqida ma’lumot;
davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari;
ta’lim faoliyatining moddiy-texnika ta’minoti haqida ma’lumot;
litsenziya (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun);
ta’lim tashkilotining reytingi;
ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat;
ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlari va natijalari, shuningdek ularni amalga oshirish uchun ilmiy-
tadqiqot bazasi to‘g‘risidagi ma’lumot (oliy ta’lim uchun);
ta’lim oluvchilarga stipendiyalar berish tartibi, ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning
mavjudligi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
vaqtincha yashash joylarining mavjudligi va yashash joylarining soni, shuningdek to‘lov
miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
pedagoglar va ta’lim oluvchilarning soni, shuningdek pedagoglarning ilmiy salohiyati
to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotning ishonchligini
ta’minlash uchun ta’lim tashkilotlarining rahbarlari shaxsan javobgardir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayrim ta’lim tashkilotlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanish qonunchilikda
belgilangan hollarda va tartibda cheklanishi mumkin.
(37-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: