ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;
akademik ta’tillar va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim
tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo‘nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga
ko‘chirish;
ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy,
sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;
ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va
innovatsion faoliyatida ishtirok etish.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish
taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: