Kichik konsentratsiyadagi gaz qattiq adsorbentga yutilganda gaz molekulalari
adsorbentning faqat aktiv markazlariga adsorblanib, monomolekulyar qavat hosil qiladi.
Temperaturaning ortishi va bosimning pasayishi yutilgan gazni desorbsiyaga uchratadi.
Shu sababli moddalarni havo muhitidan ajratib olishda, gaz va bug`larni tozalashda adsorbtsion –
desorbsion metodlar sanoat miqyosida qo`llaniladi.
Qattiq adsorbent sirtiga eritmadagi modda adsorbilanganida, albatta, erigan modda bilan
erituvchi modda ham yutiladi. Shunga ko`ra eritmada bo`ladigan adsorbsiya ―raqobatli‖
xarakterga ega; erituvchi bilan eruvchi adsorbent sirtini band etishga intiladi. Eritmadan
elektrolitlar ham, noelektrolitlar ham adsorbilanishi mumkin. Shunga ko`ra adsorbsiya
monomolekulyar adsorbsiya va ionli adsorbsiya deyiladigan 2 sinfga bo`linadi. Ko`pincha
moddalar adsorbentga tanlab yutiladi. Desorbsiyani amalga oshirishda adsorbent sirtini suyuqlik
bilan yuvishda foydalaniladi va bu jarayon elyutsiya, yuvish uchun ishlatilgan suyuqlik esa
elyuent deb ataladi.
Ionli kolloid zarrachalar sirtida ayniqsa yaxshi adsorblanadi, shu sababli, kolloidlarda
elektr zaryadining miqdori va ishorasi shu ionlarning borligiga bog`liq.
Qattiq jismga birinchi navbatda shu jismning kristallik panjarasi tarkibida bo`lgan ionlar
adsorblanadi.
Ba`zan adsorbent o`z tarkibidagi ionlardan birini elektrolit ionlariga almashtiradi. Bunday
adsorbsiya almashinish adsorbsiyasi deyiladi.
Agar elektrolit eritmasidagi anion va kation ekvivalent miqdorda adsorbilansa,
molekulyar adsorbsiya yuzaga chiqadi. Agar tarkibida bir necha modda aralashmasi bo`lgan
eritma qalin adsorbent ustunidan (masalan, adsorbent to`ldirilgan naydan) o`tkazilsa
aralashmadagi har qaysi modda adsorbentning ma`lum qismlariga adsorbilanadi, natijada
adsorbent qavatida bir necha zona hosil bo`ladi. bu hodisani M. S. Svet 1903 yilda tekshirgan.
Uni xromatografik adsorbsion analiz deb atagan.
Dostları ilə paylaş: