5. Gidrofil-liofil balansi (GLB) tushunchasi
6. Sirt-faol moddalarning ishlatilishi.
III. Yakuniy qism (10 min)
Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar.
Reja asosida ma`ruza o`qiladi, namoyish (demonstratsiya) qilinadi.
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash.
II. Asosiy qism
1. Sirt-faol moddalarning umumiy xarakteristikasi
Suyuqlik sirtida bo`ladigan adsorbsiyalar musbat va manfiyga adsorbsiyalarga bo`linadi.
Masalan, suvga organik kislota yoki spirt (yoxud, aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va
hokazolar) aralashtirilsa bu moddalar suvning sirt qavatida ko`p yig`ilib qolib, suvning sirt
tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa musbat adsorbsiya deyiladi.
Lekin shunday noddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt tarangligini
oshirib yuboradi, bular qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi. Bu yerda bo`ladigan
hodisa manfiy adsorbsiya deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt-
faol moddalar, suyuqlikning sirt tarangligini ko`paytiruvchi moddalar esa sirt-nofaol moddalar
deb ataladi. Sirt faol moddalar moddalarning sirt tarangligi suyuqlikning sirt tarangligidan kam
bo`ladi.
Sirt-faol va sirt-nofaol moddalardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular
suyuqlikka qo`shilsa suyuqlikning sirt tarangligi o`zgarmaydi. Bunday moddalar sirt farqsiz
moddalar deyiladi. Bular qatoriga disaxarid va polisaxaridlar kiradi.
Keng ma`noda qaraganda barcha organik moddalarni ham sirt-faol moddalar jumlasiga
kiritishga to`g`ri keladi, chunki har qanday organik moddani olmaulik, uning sirt tarangligi
suvning sirt tarangligidan kichik, u suvga nisbatan sirt-aktivlik ko`rsatadi. Lekin qattiq
jismlarning sirt tarangligi suyuqliknikidan ancha katta, demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt-
aktivlik namoyon qilishi kerak. Bundan ko`ramizki, suv fazalar chegarasining xarakteriga qarab,
ba`zan sirt-noaktiv, ba`zan sirt-aktiv modda bo`lishi mumkin.
Lekin ―sirt faol modda‖ degan tushuncha bu kabi keng ma`noda ishlatilmaydi. U maxsus,
ancha tor ma`noda ishlatiladi. Umumtomondan qabul qilingan ta`rifga ko`ra sirt-faol modda
molekulalari difil ravishda tuzilgan hamda ancha katta sirt faollikka ega bo`lgan organik
birikmalardan iboratdir. Bunday modda molekulasining bir qismi suvga nisbatan kattaroq
moyillik namoyon qiladi, bu qismini gidrofil guruh tashkil etadi; 2-qismi uglevodorod radikali
bo`lib, u gidrofob guruhdan iborat. Spirt, fenol, karbon kislotalar, organik aminlar,
sulfokislotalar va ularning tuzlari ana shunday difil molekulalardan tuzilgan. Sirt-faol moddalar
assimetrik tuzilishga ega; shuning uchun ular suv-havo (suv-bug`), suv-uglevodorod (suv-yog`),
suv-qattiq jism kabi sirtlarga adsorbilanadi.
Dostları ilə paylaş: