Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Бухоро давлат университети


Sirt-faol moddalarning turlari. Ionogen sirt-faol moddalar



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/57
tarix12.02.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#84020
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
kolloid kimyo

2. Sirt-faol moddalarning turlari. Ionogen sirt-faol moddalar. 
Barcha sirt-faol moddalar suvdagi eritmalarida dissotsilanish qobiliyatiga qarab ionogen 
va noionogen sirt-faol moddalarga bo`linadi. Ionogen sirt-faol moddalar kation sirt-faol, anion 
sirt-faol va amfoter (amfolit) sirt-faol moddalarga ajratiladi.
Kation sirt-faol moddalar suvda dissotsilansa, sirt-faol kationlar hosil bo`ladi. Ulardan 
eng ko`p uchraydiganlari jumlasiga birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi alifatik va aromatik 
aminlarning tuzlari, shuningdek, alkilga almashingan ammoniy asoslarning tuzlari kiradi. 
Musbat zaryadli zarralarga ega bo`lgan dispers sistemalar hosil qilishda ham kation sirt-faol 
moddalardan ko`p foydalaniladi. Ular yaxshi flokuliyant-koagulyant sifatida suvni tozalash va 
qurilish ishlarida ishlatiladi.


Anion sirt-faol moddalar suvda sirt-faol anionlar hosil qiladi. Sanoat miqyosida keng 
qo`llaniladigan anion- sirt-faol moddalar jumlasiga quyidagi moddalar kiradi: a) ba`zi karbon 
kislota va ularning tuzlari (C
17
H
35
COONa – sovun, C
17
H
33
COONa – natriy oleat, C
15
H
31
COONa 
– natriy palmitat). b) alkilsulfat kislota tuzlari – ROSO
2
OMe, c) alkilarilsulfonatlar – 
RarSO
2
OMe) kiradi.
Hozirgi vaqtda tarkibida C
10
dan C
17
gacha uglerod atomlari tutgan sintetik yog` 
kislotalarning tuzlari anion sirt – faol moddalar sifatida keng qo`llanilmoqda. Bunday moddalar 
O`zRFA ning kimyo instituti xodimlari tomonidan ko`plab olinib, xalq xo`jaligining turli 
sohalarida keng qo`llanilmoqda. 
Amfoter sirt-faol moddalar tarkibida 2 ta funksional gurux bo`lib, ulardan biri kislota va 
2-si asos xarakteriga ega. Tarkibida karboksil va amin guruhlar bo`lgan moddalar amfoter sirt-
faol moddalar jumlasiga kiradi. Ular muhitning pH qiymatiga qarab anion yoki kation sirt – 
faollik namoyon qiladi: 




COOH
CH
RNH
COOH
CH
RN
COO
CH
RNH
muhitda
kislotali
n
muhitda
ishqoriy
n
)
(
)
(
)
(
2
2
2
2
anion faol
amfoter sirt-faol modda 
kation-faol 
Noionogen sirt – faol moddalar suvda eriganda ionlarga parchalanmaydi. Noionogen sirt-
faol moddalar tayyorlash uchun etilen oksid spirtlarga, karbon kislotalarga, aminlarga, 
alkilfenollarga va boshqa organik moddalarga ta`sir ettiriladi. Masalan, ―OP‖ markali 
polioksietilenlardan alkil spirtlarning hosil bo`lishini quyidagi tenglama shaklida ifodalash 
mumkin: 
ROH n CH
2
CH
2
RO(OCH
2
CH
2
)nOH
O
+
Alkilfenollarning polioksietilenlandan efirlari kir yuvishda keng qo`llaniladi.
P. A. Rebinder barcha difil sirt-faol moddalarni haqiqiy eruvchan sirt-faol moddalar va 
kolloid sirt-faol moddalar va kolloid sirt-faol moddalar degan 2 guruhga bo`ldi. Birinchisiga 
kichik radikalga ega bo`lgan difil eruvchan organic birikmalar (quyi spirtlar, fenollar, organic 
kislotalar, ularning tuzlari, aminlar va h.k.) kiradi. Ular sirt-faol modda sifatida kam ishlatiladi.
Kolloid sirt-faol moddalar alohida diqqatga sazovordir. ―Sirt-faol moddalar‖ termini ham 
aynan ana shularga oid. Kolloid sirt-faol moddalarning ajoyib xususiyati shundaki, ular 
termodinamik jihatdan barqaror kolloid (liofil) dispers sistemalar hosil qila oladi. Ularning 
muhim xarakteristikasi quyidagilardan iborat: 
a) sirt faolligi yuqori; 
b) mitsellalar hosil bo`ladigan kritik konsentratsiyadan yuqori konsentratsiyalarga ega 
bo`lgan liofil-kolloid eritmalar hosil qila oladi
c) kolloid sirt – faol moddalarning eritmalarida solyubilizatsiya hodisasi kuzatiladi. Bu 
hodisaning mohiyati quyidagicha. Agar biror sirt –faol moddaning yetarli 
konsentratsiyadagi eritmasiga suvda erimaydigan organik modda (bo`yoq, geptan, 
kerosin) solinsa, bu modda kolloid tarzda erib, tiniq eritma hosil qiladi. 
Sirt-faol moddalarning adsorbilanish xususiyatini xarakterlashda ularning amalda 
qo`llanilishi uchun ahamiyatga sazovor bo`lgan kattalik gidrofil-lipofil balans (GLB) 
tushunchasi ham kiritilgan (lipofil termini lipos – yog` so`zidan kelib chiqqan). Sirt-faol 
moddaning GLB soni modda tarkibidagi qutbli guruhning gidrofil xossalari bilan uglevodorod 
radikallarining lipofil xossalari orasidagi nisbatni xarakterlaydi. GLB sonini aniqlash uchun sirt-
faol moddalarning mitsellalar hosil qilish xususiyatidan va ularning emulsiyalarni barqarorlash 
xossalaridan foydalaniladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin