Dars maqsadi:
Ta`lim beruvchi: Talabalarni kolloid eritmalarni tozalash usullari bilan tanishtirish.
Rivojlantiruvchi: talabalarning dializ, elektrodializ, ultrafiltratsiya kabi tozalash usullari,
ularning kundalik
hayotdagi amaliy ahamiyati, kolloid zarrachani tarkibiy qismlari to`grisidagi
tasavvurlarni rivojlantirish va kengaytirishni davom ettirish.
Tarbiyalovchi: diqqatli bo`lish, ma`suliyatlilik, atrof muhitga ehtiyotkor bo`lishni
tarbiyalashni davom ettirish.
Ko`rgazmali vosita: kompyuter, ekran, proektor.
Texnologiya: o`quv texnika vositalaridan foydalanib ma`ruza o`qish (kompyuter
texnologiyasi)
Dars bo`limlari:
I. Tashkiliy qism
II. Asosiy qism
III. Yakiniy qism
Dars jarayonining mazmuni:
Reja.
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash (5+5 min)
II. Asosiy qism (60 min)
1. Kolloid eritmalarni dializ usulida tozalash
2. Dializ usulini animatsiyasini ko`rsatish
3. Kolloid eritmalarni elektrodializ usulida tozalash.
4. Elektrodializ usuli animatsiyasini ko`rsatish.
5. Kolloid eritmalarni ultrafiltratsiya usulida tozalash.
6. Ultrafiltratsiya usuli animatsiyasini ko`rsatish.
III. Yakuniy qism (10 min)
Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar.
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash.
II. Asosiy qism
1. Kolloid eritmalarni dializ usulida tozalash
Kolloid eritmalar hosil bo`lganda ular tarkibida dispers fazadan tashqari, ko`p miqdorda
kislota, asos va tuzlar ham bo`ladi. Kolloid eritma barqaror bo`lishi uchun eritmada elektrolitlar
ma`lum miqdorda bo`lishi kerak. Demak ortiqcha miqdordagi elektrolitkarni chiqarib yuborish
zarur. Bu jarayon kolloid eritmani tozalash deyiladi. Kolloid eritmalarni
tozalash uchun dializ,
ultrafiltratsiya va elektrodializ usullaridan foydalaniladi.
Dializning mohiyati shundan iboratki, bunda kolloid eritma unga aralashgan
elektrolitlardan toza erituvchida (suvda) yarim o`tkazgich parda (membrana) yordamida
ajratiladi (4-rasm). Shunday pardadan o`ta oladigan molekula va
ionlar pardaning har ikki
tomonidagi molekulalar va ionlarning konsentratsiyasi o`rtasida muvozanat hosil bo`lguncha,
erituvchi tomonga o`taveradi. Erituvchini vaqti-vaqti bilan yangilab, zolni qo`shimchalardan
ma`lum darajada tozalash mumkin. Dializ uchun, odatda, kolloid pardalar hamda
atsetilsellyulozadan
ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materiallardan tayyorlangan yarim
o`tkazgich to`siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o`tkazgich pardalar, masalan,
cho`chka yoki mol pufagi ham ishlatiladi.
Yarim o`tkazgich pardadan iborat idishga (B) tozalanishi kerak bo`lgan kolloid eritma
solinadi (A), so`ngra bu idish boshqa suvli idishga tushiriladi (C). idishdagi suv doimiy oqim
tufayli to`xtovsiz almashib turadi. Mol pufagi yoki boshqa yarim o`tkazgich
parda devorlarida
juda mayda teshiklar bo`ladi. Bu teshiklardan molekula va ionlar o`ta oladi, lekin kolloid
zarracha o`taolmaydi. Zoldagi elektrolitlar suvda diffuziyalanib, parda orqali kolloid eritmadan
chiqib ketaveradi. Suvni almashtirish yo`li bilan kolloid eritmani
elektrolitlardan istalgan
darajada tozalash mumkin.
2. Dializ usuli animatsiyasini ko`rsatish.
3. Kolloid eritmalarni elektrodializ usulida tozalash
Elektrodializda dializ elektr toki yordamida tezlatiladi. Ikki membrana M1 va M2
oralig`iga elektrolitlardan tozalanishi lozim bo`lgan kolloid eritma solinadi (5-rasm).
Membranalar tushirilgan idishning bir chekkasiga katod, ikkinchi chekkasiga anod o`rnatiladi.
Idish orqali elektr toki o`tkazilganda musbat ionlar katodga, manfiy
ionlar esa anodga tomon
harakat qiladi. Ular membranadan o`tib, idishning elektrodlar tushirilgan qismiga yig`ila
boshlaydi. Tozalangan zol esa idishning ikki membrana o`rtasidagi qismida qoladi. Bu usul
organik kolloidlarni tozalashda ko`proq qo`llaniladi. Elektrodializdan sanoatda jelatina, elim va
hokazolarni tozalashda keng foydalaniladi.
4. Elektrodializ usuli animatsiyasini ko`rsatish.
5. Kolloid eritmalarni ultrafiltratsiya usulida tozalash.
Kolloid eritmalarni yarim o`tkazgich parda yordamida ultrafiltratsiyalab elektrolitdan
tozalash mumkin. Ultrafiltr Byuxner (1) voronkasi, membrana (2), Bunzen kolbasi (3) va
nasosdan (4) iboratdir (6-rasm). Ultrafiltrlashni tezlatish uchun voronkaning
tor qismi havoni
so`ruvchi nasosga ulanadi. Tegishli membrana ishlatib kolloid eritmani elektrolitlardan filtrlab
ajratish mumkin.
6. Ultrafiltratsiya usuli animatsiyasini ko`rsatish.
Dostları ilə paylaş: