Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Бухоро давлат университети



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/57
tarix12.02.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#84020
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
kolloid kimyo

 
 
 
Ma`ruza №3 
3-Mavzu: “Disperslash usulining ahamiyati va kolloidlarni tozalash” 


Dars maqsadi:
Ta`lim beruvchi: Talabalarni kolloid eritmalarni tozalash usullari bilan tanishtirish. 
Rivojlantiruvchi: talabalarning dializ, elektrodializ, ultrafiltratsiya kabi tozalash usullari, 
ularning kundalik hayotdagi amaliy ahamiyati, kolloid zarrachani tarkibiy qismlari to`grisidagi 
tasavvurlarni rivojlantirish va kengaytirishni davom ettirish. 
Tarbiyalovchi: diqqatli bo`lish, ma`suliyatlilik, atrof muhitga ehtiyotkor bo`lishni 
tarbiyalashni davom ettirish. 
Ko`rgazmali vosita: kompyuter, ekran, proektor. 
Texnologiya: o`quv texnika vositalaridan foydalanib ma`ruza o`qish (kompyuter 
texnologiyasi) 
Dars bo`limlari:
I. Tashkiliy qism 
II. Asosiy qism 
III. Yakiniy qism 
Dars jarayonining mazmuni:
Reja. 
I. Tashkiliy qism 
Auditoriyani darsga tayyorlash (5+5 min) 
II. Asosiy qism (60 min) 
1. Kolloid eritmalarni dializ usulida tozalash 
2. Dializ usulini animatsiyasini ko`rsatish 
3. Kolloid eritmalarni elektrodializ usulida tozalash. 
4. Elektrodializ usuli animatsiyasini ko`rsatish. 
5. Kolloid eritmalarni ultrafiltratsiya usulida tozalash. 
6. Ultrafiltratsiya usuli animatsiyasini ko`rsatish. 
III. Yakuniy qism (10 min) 
Uyga vazifa berish. Takrorlash uchun savollar. 
I. Tashkiliy qism
Auditoriyani darsga tayyorlash. 
II. Asosiy qism 
1. Kolloid eritmalarni dializ usulida tozalash 
Kolloid eritmalar hosil bo`lganda ular tarkibida dispers fazadan tashqari, ko`p miqdorda 
kislota, asos va tuzlar ham bo`ladi. Kolloid eritma barqaror bo`lishi uchun eritmada elektrolitlar 
ma`lum miqdorda bo`lishi kerak. Demak ortiqcha miqdordagi elektrolitkarni chiqarib yuborish 
zarur. Bu jarayon kolloid eritmani tozalash deyiladi. Kolloid eritmalarni tozalash uchun dializ, 
ultrafiltratsiya va elektrodializ usullaridan foydalaniladi.
Dializning mohiyati shundan iboratki, bunda kolloid eritma unga aralashgan 
elektrolitlardan toza erituvchida (suvda) yarim o`tkazgich parda (membrana) yordamida 
ajratiladi (4-rasm). Shunday pardadan o`ta oladigan molekula va ionlar pardaning har ikki 
tomonidagi molekulalar va ionlarning konsentratsiyasi o`rtasida muvozanat hosil bo`lguncha, 
erituvchi tomonga o`taveradi. Erituvchini vaqti-vaqti bilan yangilab, zolni qo`shimchalardan 
ma`lum darajada tozalash mumkin. Dializ uchun, odatda, kolloid pardalar hamda 
atsetilsellyulozadan ishlangan pardalar, sellofan va boshqa materiallardan tayyorlangan yarim 
o`tkazgich to`siqlar ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy yarim o`tkazgich pardalar, masalan, 
cho`chka yoki mol pufagi ham ishlatiladi.
Yarim o`tkazgich pardadan iborat idishga (B) tozalanishi kerak bo`lgan kolloid eritma 
solinadi (A), so`ngra bu idish boshqa suvli idishga tushiriladi (C). idishdagi suv doimiy oqim 
tufayli to`xtovsiz almashib turadi. Mol pufagi yoki boshqa yarim o`tkazgich parda devorlarida 
juda mayda teshiklar bo`ladi. Bu teshiklardan molekula va ionlar o`ta oladi, lekin kolloid 
zarracha o`taolmaydi. Zoldagi elektrolitlar suvda diffuziyalanib, parda orqali kolloid eritmadan 


chiqib ketaveradi. Suvni almashtirish yo`li bilan kolloid eritmani elektrolitlardan istalgan 
darajada tozalash mumkin.
2. Dializ usuli animatsiyasini ko`rsatish. 
3. Kolloid eritmalarni elektrodializ usulida tozalash 
Elektrodializda dializ elektr toki yordamida tezlatiladi. Ikki membrana M1 va M2 
oralig`iga elektrolitlardan tozalanishi lozim bo`lgan kolloid eritma solinadi (5-rasm). 
Membranalar tushirilgan idishning bir chekkasiga katod, ikkinchi chekkasiga anod o`rnatiladi. 
Idish orqali elektr toki o`tkazilganda musbat ionlar katodga, manfiy ionlar esa anodga tomon 
harakat qiladi. Ular membranadan o`tib, idishning elektrodlar tushirilgan qismiga yig`ila 
boshlaydi. Tozalangan zol esa idishning ikki membrana o`rtasidagi qismida qoladi. Bu usul 
organik kolloidlarni tozalashda ko`proq qo`llaniladi. Elektrodializdan sanoatda jelatina, elim va 
hokazolarni tozalashda keng foydalaniladi. 
4. Elektrodializ usuli animatsiyasini ko`rsatish. 
5. Kolloid eritmalarni ultrafiltratsiya usulida tozalash. 
Kolloid eritmalarni yarim o`tkazgich parda yordamida ultrafiltratsiyalab elektrolitdan 
tozalash mumkin. Ultrafiltr Byuxner (1) voronkasi, membrana (2), Bunzen kolbasi (3) va 
nasosdan (4) iboratdir (6-rasm). Ultrafiltrlashni tezlatish uchun voronkaning tor qismi havoni 
so`ruvchi nasosga ulanadi. Tegishli membrana ishlatib kolloid eritmani elektrolitlardan filtrlab 
ajratish mumkin. 
6. Ultrafiltratsiya usuli animatsiyasini ko`rsatish. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin