176
mahsulot tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest –
ishlab chiarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni
ta‗minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishdagi birlashmasi.
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosi loyihalarga juda
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank turli soha korxonalari)ning majmuisi o‘z ichiga
oluvchi birlashma. Bunda bosh tashkilotqolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozir kontsernlar keng tarqalgan tashkilotdir
Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar
bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va
mamlakatga tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi
mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida
savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: