5
Tarmoq kommutatori yoki svitch (ingl. switch — o’tkazgich (pereklyuchatel)) —
bitta segment chegarasida kompyuter tarmog’ining bir nechta tugunini birlashtiruvchi
qurilma.
Kontsentrator trafikni bitta qurilmadan boshqa barcha qurilmalarga yuborsa,
kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu esa ma’lumotlar
almashish tezligini va tarmoq xavfsizligi oshiradi. Tarmoqning boshqa segmentlarini
ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashdan ozod qiladi.
Tarmoq kontsentratori (ingl. hub — faoliyat markazi) — bir nechta qurilmalarni
bitta umumiy segmentga birlashtiruvchi tarmoq qurilmasi.
Qurilmalar kabellar
yordamida ulanadi.
243-rasm. Kontsentrator yoki kommutator orqali tarmoqqa ulanish
Kabel yordamida bog’lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan
koaksial,
o’ralgan
juftlik kabeli (UTP) yoki
shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida
bog’lanadi.
Kommutatsiya paneli (kross-panel, patch-panel) —kabel sistemasining
tarkibiy
qismi. Birlashtiruvchi raz’yomlardan tashkil topgan paneldan iborat. Kommutatsiya
paneli passiv tarmoq qurilmasiga kiradi.
244-rasm. Kommutatsiya paneli ko’rinishi.
6
O’rama juft kabel(vitaya para) (ingl. twisted pair) — aloqa kabelining turi.
Telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat. U
ekranlangan va
ekranlanmagan bo’lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit
halaqitlariga ancha
bardoshli bo’ladi. Ushbu kabelning kamchiliklari s
ignallarning so’nish koeffitsienti yuqoriligi va
elektrmagnit halaqitlariga
yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun o’rama juftlikdan foydalanishda faol
qurilmalar o’rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo’ladi.
245-rasm. O’rama juft (vitaya para) kabeli va konnektorni ko’rinishi
Dostları ilə paylaş: