Topologiyalari. Kompyuter tarmogining apparat va dasturiy ta’minoti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/24
tarix13.02.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#84077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
abdullajonov husan

Koaksial kabel.(Coaxial cable). Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli 
tizimida foydalanilish mumkin: signalni modulyatsiyalab va modulyatsiyalamasdan 
uzatish. Birinchi holda raqamli signal ShK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday 
shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo’ylab qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. U 
tezligi 10 MbitG’sek gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish 
kanaliga ega. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul 
qilish stantsiyasiga yo’naltiriladi, u erda u yana raqamli signalga aylantiriladi. Signalni 
aylantirish operatsiyasini modem (modulyatorG’demodulyator) bajaradi; har bir 
stantsiya o’z modemiga ega bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli ko’p 
kanalli (o’nlab kanallar bo’yicha uzatishni ta’minlaydi, buning uchun faqat bitta 
kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarnivideosignallarni, 
ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha etishi mumkin. 



246-rasm. Koaksial kabel (Coaxial cable) ni ko’rinishi 
Optik tolali kabel (fiber-optic cable) - tarmoqda foydalaniladigan eng yangi 
texnologiya hisoblanadi. Bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u tarmoq 
tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bunday tizim tashqi elektr 
halaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma’lumotlarni tez (2 GbitG’s gacha) va xatosiz 
uzatish mumkin bo’ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi. 
Bunday kabellarda kanallar soni juda ko’p bo’ladi. Ma’lumotlar faqat simpleks rejimida 
uzatiladi, shu sababli ma’lumotlar bilan almashinishni tashkil etish uchun qurilmani 
ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali kabel hamma vaqt juft tolali 
bo’ladi). Kamchiliklari qatorida qiymati yuqoriligi va ulash murakkabligini ko’rsatish 
mumkin. 
247-rasm. Optik tolali kabel (fiber-optic cable) ni ko’rinishi 
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko’rsatadigan xizmati bilan 
o’lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun uning dasturiy 
ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda 
ko’plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo’ljallangan 



bo’lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili 
joriy etilgan. 
Birinchi 
tamoyilda 
tarmoqning 
dasturlashtirilgan 
ta’minoti 
ko’pgina 
foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan tarmoqning bosh kompyuteri 
resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl - server deb yuritiladi. Bosh 
kompyuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli 
modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin Fayl-server-bu serverning eng 
umumiy 
turi. 
Ta’kidlash joizki, fayl-serverning disk sig’imi odatdagi 
kompyuterlarnikidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan boshqa kompyuterlar 
foydalanadi. 
Tarmoqlarda bir qancha fayl - serverlar bo’lishi mumkin. Masalan, printer, modem, 
maksimal aloqa uchun qurilma. Fayl - server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina 
tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning 
operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi. Ishchi 
stantsiyada faqat resurs va fayl 
- server orasidan murojaat kilinadigan dasturlar oralig’idagi interfeys vazifasini 
bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi. 
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo’ljallagan dasturli tizimlari foydalanuvchiga 
fayl - serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo’yicha ushbu dasturli tizimlar 
faylli serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanishi 
mumkin. Lekin, bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo’lganda 
foydalanuvchi kompyuteriga, ya’ni ishchi stantsiyaga o’tkaziladi va kerakli ishni 
bajaradi. Bunda barcha ma’lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo’lsa va 
faylli serverda saqlanayotgan bo’lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga 
oshiriladi. Shubhasiz, buning uchun ma’lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining 
kompyuteriga ko’chirilishi kerak. 
Ikkinchi tamoyil "klient-server" arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti 
resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qayta ishlash 
va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslarni joylashtirishga ham mo’ljallangan. "Klient - 
server" dasturiy tizimi serverning dasturli ta’minoti va foydalanuvchi-klientning dasturli 
ta’minotidan iborat. 
Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: klient-dasturlar foydalanuvchining 
kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga 
so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server 
tomonidan amalga oshiriladi va foydalanuvchi kompyuterga faqat bajarilgan so’rov 
natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir 
necha 40 Gigabayt va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, ko’p sonli 
foydalanuvchilarning yuqori unumli ishlashini, ishonchlilikni va himoyalanganlikni 
ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida klient- server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) 
asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi 
mashhur Web - serverlar, 



FTD serverlar, elektron pochta serverlari ma’lum. Sanab o’tilgan xizmat turlarining 
klient dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmat olish va ulardan javob olish uchun 
so’rash imkoniyatini beradi. 
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday kompyuter tarmog’i server deb 
yuritilishi mumkin. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin