Microsoft Word chingiz aytmatov birinchi muallim lotin ziyouz com doc



Yüklə 183,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/30
tarix13.02.2023
ölçüsü183,21 Kb.
#84129
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
chingiz aytmatov birinchi muallim qissa

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
savlat to‘kib borib o‘tirdi, qo‘liga qalam-qog‘oz oldi. 
– Bugun maktabni ochmoqchimiz. Qizingiz necha yoshda? 
Kelinoyim javob qaytarmay, zarda bilan o‘g‘ir dastasini «gurs» etib urdi-da, yana aylantirib-
aylantirib qo‘ydi. Kelinoyimning gapirgisi kelmay, ensasi qotib turganligi avzoyidan sezilib turardi. 
Endi nima bo‘lar ekan, deb ichimdan zil ketganday bo‘ldim. 
Duyshen menga qarab, kulib qo‘ygan edi, huv bir galdagiday ko‘nglim yayrab ketdi. 
– Oltinoy, necha yoshga kirgansan? - deb so‘radi. Men qo‘rqqanimdan indamadim. 
– Yoshi bilan nima ishing bor, nima, tergovchimisan! - dedi qo‘rslik bilan kelinoyim. O‘qishing 
o‘zingga buyursin. Bunga o‘qishni kim qo‘yibdi, nonni «nanna» deb yurgan erkatoylar ham 
o‘qimasdan yurishibdi-ku! Bir galasini yig‘ib olibsan-ku, o‘shalarni olib boraver maktabingga, biz 
bilan ishing bo‘lmasin. 
Duyshen irg‘ib o‘rnidan turdi-da, rangi o‘chib, qovoqlari solinib: 
– Bu gapni o‘ylab gapiryapsizmi? Xo‘sh, yetim xudoga nima yomonlik qilibdi? Yoki yetimlar 
o‘qimasin degan zakon bormi? 
– Zakon-pakoning bilan ishim yo‘q. Men o‘zim zakonman, menga zakonchilik qilma. 
– Og‘zingizga qarab gapiring. Bu qiz sizga kerak bo‘lmasa, bizga kerak. Sovet hukumatiga kerak! 
Bizga qarshi chiqsangiz, zakonchiligimizni ko‘rsatib ham qo‘yamiz! 
– Sen o‘zing kimsan, kim seni katta qilib qo‘ydi! - deb o‘dag‘ayladi kelinoyim.– Bunga, yedirib-
ichirib yurgan men xo‘jayinlik qilamanmi yoki sayoqvachcha darbadar senmi? 
Shu payt beligacha yalang‘och bo‘lib olgan amakim o‘radan ko‘rinmaganda, bilmadim, bu 
dahanaki jangning oxiri nima bo‘lar edi? Amakim bu uyda er kishi, xo‘jayin borligini unutib, 
xotinining har narsaga burnini suqishini yoqtirmasdi. Shunday paytlarda xotinini o‘lguday tutib urardi. 
Bu gal ham zardasi qaynab ketdi shekilli: 
– Hoy, xotin deyman! - deb jerkib tashladi u, o‘radan chiqib,– sen qachondan beri bu uyning biy-
bekasi bo‘lib qolding?! Ko‘p gapirma, ishingni qil! Ayda, Tashtanbekning o‘g‘li, adi-badi aytishib 
o‘tirma, olib ketaver qizni, o‘qitasanmi-cho‘qitasanmi, bilgaganingni qil. Ayda, qo‘radan tuyog‘ingni 
shiqillatib qol! Ket... 
– Buni maktabda yayratib qo‘yib, o‘g‘irni kim yanchar ekanu, qozon-tovoqqa kim qarar ekan, - 
deb kelinoyim manjalaqilik qila boshlagan edi, amakim baqirib: 
– Yum og‘zingni, gap bitta! - dedi. 
Har yomonning bir yaxshisi bor, deganlariday, birinchi marta maktabga borishim mojarosi 
shunday bo‘lgan edi. 
Shundan buyon Duyshen har kuni ertalab hovlima-hovli yurib, bizni maktabga olib ketar edi. 
Birinchi kuni maktabga borganimizda u bizni yerga to‘shalgan poxol ustida o‘tqazib, har 
birimizga bittadan daftar, bittadan qalam va bittadan taxtacha berdi-da: 
– Taxtachani tizzangizga qo‘ysangiz xat yozish oson bo‘ladi, - deb tushuntirdi. 
Keyin devorga yopishtirilgan suratni ko‘rsatib: 
– Bu kishi Lenin! - dedi. 
Leninning shu surati bir umr esimda qoldi. Keyin bu suratni nimagadir hech yerda uchratmadim, 
o‘zimcha uni «Duyshen ko‘rsatgan surat», deb yuraman. Lenin o‘sha suratida halpillagan harbiy 
kiyimda, ozg‘in, soqol-mo‘ylovi o‘sgan edi. Yarador qo‘lini bo‘yniga osib olgan, bostirib kiygan 
kepkasi ostidagi ziyrak ko‘zlari bilan sokin boqib turardi. Bu mayin, mehrli ko‘zlar bizga: «Bolakaylar, 
kelajagimiz qanday porloq bo‘lishini bilsangiz edi!» deb turganday edi. O‘sha xayrli daqiqada, 
nazarimda, u chindan ham mening kelajagim to‘g‘risida xayol surib turganday tuyulgandi. 
Duyshen bu suratni ko‘pdan beri yonida olib yurgan bo‘lsa kerak, rosmana plakat qog‘ozga 
bosilgan ekan, eskirib, chetlari unda-munda yirtilib ham ketgan... Maktabimizning to‘rt devorida shu 
suratdan boshqa hech nima yo‘q edi. 
– Bolalar, men sizlarga harf yozishni, o‘qish va hisobni o‘rgataman, - degan edi o‘shanda 


Chingiz Aytmatov. Birinchi muallim (qissa) 

Yüklə 183,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin