- 34 -
boshlanadi va sirg'aluvchi tovush bilan tugallanadi. Affrikatlarning talaffuzida
bir ekskursiya va bir rekursiya mavjud. Boshqa undoshlar birikmalarning (masa-
lan: kr, pl, tr, st, el kabi) talaffuzida ikki ekursiya
va ikki rekursiya fazalari
mavjud va shu sababli ularni tovush birikmalari hisoblanadi.
URG'U
Talaffuzda bir yoki bir necha bo'g'inlarni ajratib aytish
urg'u deyiladi.
So'z va fraza urg'usi farqlanadi. Ko'p bo'g'inli so'zlarda bir yoki undan ortiq
bo'g'inlarni ajratib aytish so'z urg'usi deyiladi. Agar so'z bir bo'g'indan
iborat
bo'lsa, so'z urg'usi bo'g'in cho'qqisini hosil qiluvchi unli tovushga tushadi. Fraza
va gaplardagi so'zlarning biror bo'g'inini ajratib talaffuz qilish fraza urg'usi
deyiladi. Fraza urg'usi intonatsiyaning eng asosiy komponentlaridan biridir.
So'z urg'usi ma'nodor mustaqil so'zlarning zaruriy belgisi hisoblanadi.
O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarida ma'nodor so'zlardagi urg'u nutqda (frazalar-
da) ham saqlanib qolishi mumkin. So'zlardagi bir yoki undan ortiq bo'g'ilarni
ajratib talaffuz qilish turli artikulyatsion – akustik vositalar yordamida amalga
oshiriladi. Artikulyatsion jihatdan nafas kuchi, kuchli talaffuz va nutq paychala-
rining tebranishi so'zga urg'u qo'yishning asosiy vositalaridir. Akustik jihatdan
so'z urg'usi intensivlik (tovushni baland ovoz bilan aytish), cho'ziqlik va tovush-
ning asosiy toni yordamida amalga oshiriladi.
Tovushning balandliga va cho'ziqlik urg'uning
eshitilishidaga asosiy
vositadir. Ko'rsatilgan vositalardan qaysilari bo'g'inni ajratib talaffuz qilishda
asosiy ekanligiga ko'ra urg'u turlari farqlanadi. Agar talaffuz kuchi yoki inten-
sivlik
asosiy xizmatni bajarsa, dinamik, (kuch yoki ekspirator)
urg'u deyiladi.
Asosiy tonning harakati (tushuvchi, ko'tariluvchi va ko'tarilib tushuvchi tonlar)
yordamida amalga oshiriluvchi urg'u
muzikal urg'u (yoki melodik) deb ataladi.
Bo'g'inning cho'ziq talaffuzi urg'uda asosiy bo'lsa,
miqdor urg'u (cho'ziqlik yoki
kvantitativ) deyiladi. Ba'zan tillarda urg'uning ko'rsatilgan vositalari birgalikda
- 35 -
harakat qiladi va bir yo'la kuch va ton urg'usi mavjud bo'ladi. Masalan, norvej,
dat, island, shved tillari shunday urg'uga ega. Rus, o'zbek, ingliz, nemis tillarida
dinamik urg'u, grek tilida – miqdor urg'usi, yapon, dungon, koreys, xitoy, serb tal-
larida ton urg'usi bor.
Urg'uning o'rniga ko'ra turg'un va turg'un bo'lmagan urg'u farqlanadi. Ma-
salan, fin va chex tillarida urg'u doim so'zning birinchi bo'g'iniga,
fransuz va
ko'pgina turkiy tillarda so'zning oxirgi bo'g'iniga, polyak tilida esa, orqadan
ikkinchi bo'g'inga urg'u tushadi. Turg'un, lekin har xil bo'g'inlarga
tushuvchi
urg'u rus, ingliz va itolyan tillarida mavjud. Biroq rus tilida urg'u ko'chma va er-
kin bo'lib, so'z formasining o'zgarishi bilan urg'u o'z o'rnini o'zgartiradi: водá,
вод, водянойva h.k.
Har bir tilda chet tillardan kirgan so'zlar o'z urg'usini saqlab qolishi yoki
shu qabul qilgan tilning qoidalariga asosan talaffuz etilishi mumkin. Odatda
urg'uli va ochiq bo'g'inlardagi tovushlar urg'usiz va yopiq bo'g'inlardagi
tovushlarga qaraganda cho'ziqroq talaffuz qilinadi. Co'zning fonetik alohidaligi
urg'uli va urg'usiz
qismlarning, xususan bo'g'in hosil qiluvchi elementlarning
ulanishi yordamida amalga oshiriladi. Urg'u yordamida so'zning biror bo'g'ini
faqat ajratib aytilmay, balki uning boshqa qismlari va urg'usiz bo'g'inlari urg'uli
bo'g'in atrofiga birlashtiriladi. Urg'u prosodika yoki supersegmental fonetikaning
asosiy elementlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: