- 38 -
namoyon bo'ladi. Ana shu ikki jihatni o'zida mujassamlashtirgan nutqning har
ikki tomonidan qisqa pauza bilan chegaralangan minimal bo'lakni
fonetik so'z
deb ataladi.
So'zga nisbatan yuqori birlik sifatida nutq jarayonida so'zlovchi
tomoni-
dan biror ma'noni bildirish maqsadida bo'linuvchi qism
sintagma deyiladi.
Sintagmaning fonetik belgisi deb
sintagmatik urg'u tushuniladi. Bunday urg'u
odatda sintagmadan oxirgi elementga tushadi va u sintagma birlashgan so'zlarn-
ing ma'no munosabatlari bilan bog'lanadi. Misol: Katta akam –
traktor ishlab
chiqaradigan zavoda – yetti yildan beri – yaxshi mehnat qilmoqda. Bu fraza to'rt
sintagmaga bo'linadi (/ – belgisi sintagmaning chegarasini ko'rsatadi) va u har
ikki tomondan katta pauzaga // – belgisi) ega.
Nutqning tovush jihatdan shakllanishida
barcha fonetik va leksik-
grammatik vositalar xizmat qiladi. Fonetik vositalar ichida intonatsiya alohida
o'rin tutadi. Intonatsiya so'zlovchining nutq mazmuniga bo'lgan
munosabatini
ifodalash uchun xizmat qiladi. Mashhur rus qo'shiqchisi F.A. Shalyapinning
obrazli
aytishicha, «Intonatsiya – fikrni go'yo temiryo'l poyezdni ko'tarib tur-
gandek ushlab turadi». Intonatsiya tufayli nutqning fonetik bo'linishida hosil
bo'lgan birliklar (fraza, takt, bo'g'in va tovushlar) bir
qatorda bir-birlari bilan
ulanadi. Nazariy ahamiyatidan tashqari, intonatsiya
chet tillarning namunali
talaffuziga o'rgatishda amaliy jihatdan ham juda zarur hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: