- 39 -
pozitsion va kombinator o'zgarishlari farqlanadi. (Kombinator o'zgarishlar key-
ingi bo'limda beriladi).
Ma'lum holatda ro'y beruvchi tovushlarning o'zgarishi
pozitsion o'zgar-
ishshlar deb ataladi. Pozitsion o'zgarishlar uch turga ega: 1) urg'uga
nisbatan
urg'uli va urg'usiz unlilar farqlanadi; 2) bo'g'in va uning tabiatiga ko'ra ochiq va
yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo'g'inlar farqlanadi; 3) so'zdagi o'r-
niga ko'ra so'z boshi, o'rtasi va oxiridagi tovushlar
va ularning birikmalari
farqlanadi.
Unli tovushlarning urg'usiz bo'g'inlarda kuchsizlanishi yoki o'zgarishi
re-
duksiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduksiyasi farqlanadi. Urg'usiz yopiq
bo'g'inlarda unlilar cho'ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining
yo'qolishi
miqdor reduksiya deb ataladi. Masalan,
sanash so'zining boshdagi
urg'usiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi.
Rus tilidagi
гóрод, городá so'zlarida urg'usiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz
etiladi.
Tovushlarning urg'uga nisbatan o'rniga ko'ra ikki xil pozitsiya farqlanadi:
urg'uli bo'g'indagi holati –
kuchli pozitsiya deb, urg'usiz bo'g'indagi holati –
kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o'z
artikulyatsion-akustik
xususiyatlarini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini
yo'qotadi, ya'ni reduksiyaga uchraydi.
Yuqorida ko'rsatilgan miqdor reduksiyasidan tashqari sifat reduksiyasi
ham bor. Sifat reduksiyasida bir yo'la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi
va tovushning sifati o'zgaradi. Masalan, rus tilidagi
водá, воды, водяной, вода-
воз so'zlaridagi urg'usiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o'zgaradi. O'zbek tilida
bunday xususiyat yetarli darajada ko'zga tashlanmaydi.
Reduksiyaga uchragan
tovushlar urg'uli tovushlarga qaraganda aniq bo'lmagan kuchsiz va qisqaroq
talaffuzga ega.
Reduksiyaning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stil-
iga ham bog'liq. Odatda to'liq talaffuz stilida reduksiya minimal darajada bo'lib,
- 40 -
og'zaki
nutq stilida esa, u maksimal darajada ro'y beradi. Undan tashqari re-
duksiyaning darajasi unlilarning tilning ko'tarilishiga ko'ra belgilariga (yuqori,
o'rta, quyi) ham bog'liq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o'zgarishlarga uchrashi mumkin. O'zbek
tilida so'z oxiridagi jarangli undoshlar jarangsizlashishi bunga misol bo'la oladi
(kitob /kitop/, qand /qant/ kabi). Ba'zan ko'p bo'g'inli so'zlarda so'z oxiridagi ja-
rangsiz undoshlar jarangli bo'lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-
tilagi kabi).
Turli holatlarda tovushlarning talaffuzi har xil o'zgarishlarga uchraydi.
N.S. Trubetskoy ko'rsatishicha «… amaliy jihatdan
aynan bir tovushni bir
pozitsiyada ham bir necha marta aniq va bir turda talaffuz etish mumkin emas»
1
.
Nutqda tovushlarning turli pozitsion o'zgarishlarini qancha chuqur o'rganilsa,
shunchalik ko'p tovushlarning turlari aniqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: