- 50 -
fonema bir necha har xil artikulyatsion va akustik xususiyatlarga ega bo'lgan
tovushlarda ifodalanishi ham mumkin. Masalan, rus tilida (g) va (g') tovushlari
bitta (g) fonemasining vakilidir: город (gorot), (g'orot)
1
kabi.
Tildagi so'z va so'z formalarini tashkil etuvchi fonemalarni go'yo g'isht-
larni yonma-yon qo'ygandek ko'rinishga ega sifatida tasvir qilish mumkin emas.
Chunki fonemalar bir-biriga birikish jarayonida har xil o'zgarishlarga
uchraydi
(ularni yuqorida ko'rib o'tgan edik). Fonemalar tilning eng kichik bo'linmas
segment birliklaridir. Masalan, paxta so'zi p-a-x-t-a beshta fonemaga bo'linadi,
biroq, undagi har bir fonema o'z navbatida boshqa kichik bo'laklarga bo'lin-
maydi. Har bir fonema o'zining fonologik (farqlanuvchi) va fonologik bo'lmagan
(farqlanmovchi) alomatlariga ega.
Har xil fonemalarni qarama-qarshi qo'yilganda, bu belgilarni aniqlash
mumkin. Masalan, (b-p) fonemalari jarangli-jarangsiz belgilari bilan farqlanadi.
Ularning qolgan belgilari lab- va portlovchi xususiyatlari har ikkisiga ham xos,
ya'ni fonologik emas. /b-d/ oppozisiyasida artikulatsiya o'rni, ya'ni lab va til oldi
(dorsal) belgilari fonologik alomatlardir. Ularning har ikkisi jarangli portlovchi
ekanligi fonologik alomat emas. Boshqa /b-k/ oppozitsiyasida bir yo'la artiku-
latsiya o'rni, ya'ni lab /b/ va til orqa /k/, jarangli va
jarangsiz fonologik alomat
hisoblanadi. Artikulatsiya usuliga ko'ra /b-k/ dagi portlovchi belgisi fonologik
emas. Ko'rinadiki, har bir fonologik oppozitsiyada fonema o'zining ma'lum
farqlovchi va farqlamovchi belgilari bilan ishtirok etadi. Har xil tillarning
fonologik
sistemalarini qiyoslaganda, bunday belgilarni aniqlash ayniqsa za-
rurdir. Xususan, rus tilidagi yumshoq va qattiq undosh fonemalar o'zbek tilidagi
bir fonemaga to'g'ri keladi. Chunki o'zbek tilida yumshoq va qattiq fonologik
belgilari yo'q.
Tildagi fonologik oppozitsiyalar ikki a'zodan iborat bo'lsa,
binar op-
Dostları ilə paylaş: