- 51 -
pozitsiya deyiladi: /p-t-k/, /i-e-a/ kabi. Uchtadan ortiq a'zoga ega bo'lgan
fonologik oppozitsiyalar
ko'p a'zoli oppozitsiyalar deyiladi: /b-d-g-h/ kabi. Til-
dagi fonologik oppozitsiyalarni binar, ya'ni ikkitadan a'zoga ega bo'lgan shaklida
tasnif etish ancha qulaydir. Shy tufayli ko'p a'zoli
oppozitsiyalarni binar yoki
dixotomik (lotincha
dixotomiya – "teng ikkiga bo'lish" ma'nosida) holatga
keltiriladi. Masalan, (b-d-g-x) oppozitsiyasini /b-d/, (b-g), (b-h), (d-g), (d-h), (g-
h) binar oppozitsiyalariga bo'lish mumkin. Bunda fonemalarning farqlanuvchi
va farqlanmovchi belgilarini aniqlash ham osonlik tug'diradi. Ba'zi
fonologik
oppozitsiyalarda bir qancha fonemalar juft holda binar qilib beriladi. Masalan,
o'zbek tilidagi jarangli va jarangsiz belgiga ega bo'lgan undoshlar /p-b/, /t-d/, /f-
v/, /s-z/, /sh-j/, /ch-dj/, /x-g/, /k-g/ ana shunday binar oppozitsiyalardir. Rus tilida
jarangsiz va jarangli oppozitsiyadan tashqari, yana qattiq va yumshoq fonemalar
oppozitsiyalari ham binar hisoblanadi. Keltirilgan juft oppozitsiyalar yig'indisi
korrelatsiya deyiladi. Ularni qarama-qarshi qo'yishda asos bo'lgan jarangli-
jarangsiz, yumshoq-qattiq, ba'zi tillarda unlilarning cho'ziq-qisqa
belgilari
korrelyatsion belgi deb ataladi.
Fonologik oppozitsiyalar doimiy va neytralizatsiyalashuvchi bo'ladi. Ba'zi
tillarda jarangli undoshlar so'z oxirida jarangsizlashadi. Masalan, rus tilida луч
(luk), град(grat) kabi, o'zbek tilida kitob (kitop), qand (qant) kabi. Bunday
xususiyat
fonologik neytralizatsiya deyiladi. Bu holatda b/p, t/d undoshlari bir xil
artikulyatsion-akustik xususiyatga ega bo'lib, ularning
fonologik belgilari
o'xshash bo'lib qoladi. Bunday fonologik birlik
arxifonema (lotincha
archi –
katta,
phoneme – fonema) deyiladi. Arxifonema ikki va undan ortiq fonemaga
tegishli bo'lgan fonologik belgilarning yig'indisidan iborat.
Biz yuqorida
fonologik oppozitsiya a'zolarining soniga ko'ra binar, ternar va ko'p a'zoli op-
pozitsiyalar turlarini ko'rsatib o'tdik.
1
Fonologik oppozitsiya a'zolarining
farqlanish belgilari o'rtasidagi munosabatga asoslangan boshqa turli tasniflar
1
Fonologik oppozitsiyalarning boshqa turli tasniflari
,
neytralizatsiya va hokazolar N
.
S
.
Trubetskoyning
"
Осно-
ва фонологии
" (
M
., 1960)
kitobida batafsil
berilgan
.
- 52 -
ham mavjud. Fonologik oppozitsiya tushunchasi tildagi fonemalar sistemasini
chuqur tasnif qilish uchun eng zurur hisoblanadi.
Tildagi fonemalar bir qancha tovushlarda namoyon bo'ladi. Fonemalar
bo'g'inlar, so'zlar, so'z birikmalari va frazalarning tarkibida joylashgan. Ular har
xil o'rinlarda yoki holatlarda uchraydi.
Odatda bu holatlar pozitsiya deyiladi.
Fonemalarning har xil aytilishi shartlari bo'yicha taqsimlanishi ularning
dis-
Dostları ilə paylaş: