- 53 -
Fonologik birliklar hisoblanuvchi fonema, bo'g'in, urg'u va intonatsiya til-
da quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) ular tildagi ma'nodor birliklar hisoblanuvchi yirik birliklarni tashkil
etuvchilik funksiyasini bajaradi. Masalan, so'zlar bo'g'inlardan, morfemalar
fonemalardan tuzilgan bo'lib, ular o'z urg'usiga egadir. Frazalar uchun intonatsi-
ya zarur tashkil etuvchilik vazifasini bajaradi.
2) ular farqlovchilik yoki differensial funksiyani bajaradi. Masalan, tol -
qol, bil - bel, so'z va morfemalari (t-k), (i-e) fonologik oppozitsiyalari yordamida
farqlanadi. Shuningdek o'zbek tilidagi To'xta? (odam ismi) va To'xta!
hamda
olmá (meva) va Ólma! urg'uning o'rniga ko'ra farqlanadi. Ingliz tilidagi a name
/ә eim/ - "nom" - an aim /әn
'eim/ - "maqsad" so'zlari bo'g'inlarning bo'linishi
chegarasi va ularning bog'lanishi va urg'uning o'rni orqali farqlanadi.
3) ular nutqda fonologik birliklar so'z va morfemalarni hamda frazalarni
chegaraga ajratish funksiyasini yoki delimitativ (lotincha
limitus – chegara)
funksiyani bajaradi. Ular so'z va morfemalarning boshi va oxirini ko'rsatish
uchun qo'llanadi. Masalan, o'zbek tilidagi so'zlar /ng/ fonemasi bilan boshlana
olmaydi. (tong, bong kabi) va /x/ fonemasi bilan tamomlanmaydi. Demak, bu
fonemalar so'zlar va morfemalarning chegara signallari vazifasini bajaradi.
Shuningdek, Komil yota qoldi va Komil yotoq oldi frazalarida Toshkent shevasi
talaffuzida /k/ fonemasi chegara signali vazifasini bajarib, ularning ma'nolarini
farqlaydi. Shuningdek o'nta kam bir va o'nta kampir so'z birikmalari ham /b/p/
fonemalari yordamida chegaraga bo'linadi.
Tovush vositalarining eshitilish xususiyatlariga ko'ra
ularni tanib olish
funksiyasini ham ko'rsatib o'tish lozim. Eshitilishi jihatdan fonema, bo'g'in
chizig'i, urg'uning o'rni va frazaning intonatsiyasini tanib olamiz va o'sha o'rinda
ularni ma'lum qoida asosida talaffuz etamiz. Agar bu o'rinlarda ularni noto'g'ri
talaffuz etilsa, tanib olish funksiyasi buziladi. Chet tiliga o'rgatishda tanib olish
funksiyasi alohida ahamiyatga egadir.
- 54 -
4) Tildagi barcha tovush vositalari, bo'g'in, urg'u va intonatsiya nutqni
ifodali qilish uchun ekspressiv funksiyani bajaradi. Bu funksiya tilning stilistika
bosqichidagi
fonostilistika deb ataluvchi qismida o'rganiladi.
Xususan unli va
undosh tovushlarni cho'zib aytish, bo'g'inni orttirish, tovushlarni intonatsiyaning
melodiyasi (ohangi) va urg'usini odatdagidan ko'ra boshqacha aytish
xususiyatlari fonostilistik belgilar hisoblanadi. Masalan, Tu-u-ur! 0-o-oh! Ke-
ye-yel! X-x-xap sani! Sh-sh-shoshmay tur! kabilar.
Fonetika va fonologiya uzviy bog'liq bo'lganidek, yuqorida keltirilgan
to'rtala funksiya ham bir-biri bilan bog'liqdir. By funksiyalardan birortasining
talaffuz jarayonida buzilishi (masalan, olmá (meva) so'zining birinchi bo'g'ini-
dagi /o/ fonemasiga urg'u qo'yilsa, uning ma'nosi o'zgaradi) boshqa
funksiyalarni
o'zgartirib yuboradi. Bu o'rinda bir yo'la farqlanish, tanib olish va tashkil etu-
vchilik funksiyalari buziladi va ayniqsa, chet tili
talaffuzida bunday xatolar
nutqning tushunarsiz bo'lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: