- 89 -
Biri qora hasad yo g'araz toshi,
Biri yovuz tuhmat yo maraz toshi...
Ular sabr kosang to'ldirmoq bo'lar,
Ular umr gulin so'ldirmoq bo'lar.
(
A.Oripov)
Frazeologizmlar uch turli bo'ladi: frazeologik qo'shilmalar, frazeologik
butunliklar, frazeologik chatishmalar.
Tarkibidagi bir so'z to'g'ri, ikkinchi so'z esa ko'chma ma'noda bo'lib bi-
rikkan iboralar
frazeologik qo'shilmalar deyiladi: hordiq (to'g'ri ma'noda)
chiqarmoq (ko'chma ma'noda), holdan (to'g'ri ma'noda) toymoq (ko'chma
ma'noda), so'zida (to'g'ri ma'noda) turmoq (ko'chma ma'noda) kabi.
Tarkibidagi so'zlarning ma'nolari va grammatik
jihati birikib umumiy
ko'chma ma'no beruvchi iboralar frazeologik butunliklar deb ataladi: ko'kka ko'tar-
moq (maqtamoq), eti suyakka yopishgan (ozg'in), yuragi orqasiga tortmoq
(qo'rqmoq) kabi.
Tarkibidagi so'zlarning ma'nolari bilan ibora ifoda etgan ma'no o'rtasida
hech qanday leksik aloqa sezilmagan frazeologizmlar frazeologik chatishmalar
deyiladi: sichqonning inini ijaraga olmoq, tegirmonga
tushsa butun chiqmoq,
temirni qizig'ida bosmoq, oyog'ini tirab olmoq kabi.
Frazeologik qo'shilma yoki butunliklar so'zlarni o'zaro biriktirish yo'li bi-
lan yasalgan yaxlit iboralar bo'lib, ularning tarkibidagi ba'zi komponentlarni al-
mashtirish mumkin. Biroq frazeologik chatishmalarning komponentlarini
almashtirish mumkin bo'lmaydi. Oyog'ini tirab turmoq yoki oyog'ini tirab turib
olmoq bir ma'noni ifodalashi sababli frazeologik sinonimlar hisoblanadi,
biroq
ularning komponentlarini almashtirish mumkin emas. Shuningdek, bag'ri tosh va
mehri tosh iboralari frazeologik sinonimlar bo'lib, ularga o'z ma'nosi bilan qara-
ma-qarshi bo'lgan ko'ngli bo'sh va mehri bo'sh iboralari frazeologik antonim-
lardir. Ba'zan frazeologizmlar shaklan to'g'ri kelib, turli ma'nolarni ifodalaydi.
- 90 -
Bunday hodisa
frazeologik omonimiya deyiladi: javobini bermoq – 1) biror
savolga
javob qaytarmoq; 2) biror xizmatchini ishdan bo'shatmoq kabi.
Odatda, frazeologizmlar tildagi erkin so'z birikmalari asosida hosil
bo'ladi. Biroq ular ko'chma ma'no kasb etib, komponentlari o'zaro birikib yaxlit
holda qo'llanishi natijasida singib ketadi. Masalan, joyiga keltirmoq, o'rniga
qo'ymoq iboralari erkin birikmalarni eslatadi. Lekin ular ko'chma ma'noda
qo'llanib, "ishni (vazifani) yaxshi bajarmoq", "biror ishni tartibli bajarmoq"
ma'nolariga ega bo'lgan. Frazeologizmlarning ba'zi turlari milliy urf-odatlarni
aks ettiradi. Ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima
qilishda iboraning kompo-
nentlarini so'zma-so'z ag'darmay, to'g'ri keluvchi iboralardan – muqobillardan
foydalaniladi.
Frazeologizmlar grammatik (sintaktik va morfologik) tuzilishi bilan farq
qiladi. Ularning tarkibida ot, sifat, fe'l va boshqa so'z
turkumlari ishtirok etadi
hamda komponentlarining sintaktik birikuvi ham turlicha bo'ladi: olam guliston,
ta'bi xira, kayfi buzuq, tepsa-tebranmas, qorasi o'chmoq, yuragi qora, o'ziga kel-
moq, o'rtaga tashlamoq, katta gapirmoq kabilar.
Tarkibida taqlid so'zlar bo'lgan frazeologizmlar alohida ko'chma ma'nolari
bilan ajralib turadi: yuragi duk-duk qilmoq, piq-piq qilmoq, taq-taq etmoq kabi.
Ba'zi frazeologizmlarning tarkibida boshqa tillardan kirgan so'zlar ham
ishtirok etishi mumkin: infarkt qilmoq, gapning indollisini aytmoq kabi.
Frazeologizmlar semantik tomondan umumlashgan ko'chma ma'no ifodala-
sa, grammatik tomondan ularning butunligi komponentlarining o'zaro birikuvi
va gapda ham shu tartibini saqlab qolishi bilan izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: