III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Ta’lim muassasasi majburiyatlari:
O‘qitish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirgandan so‘ng, “Ta’lim oluvchi”ni buyruq asosida
talabalikka qabul qilish.
•
Ta’lim oluvchiga o‘qishi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Ta’lim
muassasasi” Ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarga muvofiq sharoitlarni yaratib berish.
•
Ta’lim oluvchining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda ta’lim muassasasi Ustaviga muvofiq
professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarining funksional vazifalarini to‘laqonli bajarishini ta’minlash.
•
Ta’lim oluvchini tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv
rejasi va
dasturlariga muvofiq davlat ta’lim standarti talablari darajasida tayyorlash.
•
O‘quv yili boshlanishida ta’lim oluvchini yangi o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risida o‘quv
jarayoni boshlanishidan oldin xabardor qilish.
•
Respublikada belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki tariflar o‘zgarishi natijasida
o‘qitish uchun belgilangan to‘lov miqdori o‘zgargan taqdirda ta’lim oluvchiga ta’limning qolgan muddati
uchun to‘lov miqdori haqida xabar berish.
•
Dostları ilə paylaş: