26-mavzu: Aholining oilaviy tarkibi Reja: Oilaning shakllanishi va rivojlanishi Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari



Yüklə 428,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix19.02.2023
ölçüsü428,68 Kb.
#84934
  1   2   3   4   5
Lecture - 26



26-mavzu: Aholining oilaviy tarkibi 
Reja: 
1. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi 
2. Oilaning vazifalari, tarkibi va turlari 
3. Oilaning iqtisodiy faoliyati 
Oila jamiyat ijtimoiy tizimining dastlabki va birlamchi bo‘g‘inidir. Ijtimoiy 
hayot oiladan boshlanadi. Oila - kishilarning qon-qarindoshlik, mulk, manfaat 
umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi 
yagona bo'lgan mikroijtimoiy tuzilmadir. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila uy 
xo‘jaligi bo‘lib, mikroiqtisodiy tizimning asosiy bo‘lag i hisoblanadi. Uning 
boshqa qismini esa firma, korxona va iqtisodiy sektor tashkil etadi. Oila shu 
qismlar bilan birgalikda makroiqtisodiy tizimga, ya’ni milliy iqtisodiyotga birikadi.
Demografik amaliyotda oila bir necha belgilari bilan bidashgan quyidagi 
shaxslar guruhini tashkil qiladi: birgalikda yashash; qarindoshlik yoki quda-andalik 
munosabatlari; umumiy budjetning mavjudligi. 
Oila eng muhim ijtimoiy yacheyka sifatida ko'plab ijtimoiy fanlar (sotsiologiya, 
psixologiya, iqtisodiyot, huquq, etnografiya, pedagogika, demografiya)ning 
tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Bu fanlardan har biri predmetiga muvofiq ravishda 
oilaning faoliyati va rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qiladi. Jumladan, 
iqtisodiyotning diqqat markazida iqtisodiy, ishlab chiqarish va iste’molchilar 
yacheykasi sifatida oila yoki uy xo‘jaligi turadi. 
1-rasm. Oila shakllanishining ijtimoiy, iqtisodiy va demografik asoslari. 
Demografiya esa oilani aholining takror barpo bo'lish yacheykasi sifatida 
o‘rganadi, shu munosabat bilan birinchi o'ringa uning reproduktiv mayli, oilaning 
hosil bo'lish va rivojlanish jarayonining o'zi yoki uning demografik rivojlanishi 
ko‘tariladi. Boshqacha qilib aytganda, demografiya oilaning hayotiy siklini 
o‘rganadi. U qator davrlarga bo'linadi: 
• 
oilaning paydo bo'lishi (birinchi nikohdan o‘tish); 
• 
farzand tug'ilishining boshlanishi (birinchi farzandning tug‘ilishi); 
• 
farzand tug‘ilishining tugashi (oxirgi farzandning tug'ilishi); 
• 
«bo‘sh uya» - oxirgi farzandning nikohga kirishi va oiladan ajralib chiqishi; 
• 
oila hayotining tugashi. 


Oilani hayot siklining boshqa versiyalari ham mavjud bo'lib, ularni quyidagi 
davrlarga ajratib ko'rsatish mumkin: 
• 
sirdoshlik, yaqinlik: er-xotinlaming shakllanish bosqichidagi o'zaro 
munosabatlar. Bu davrdagi vazifa - bir-biriga ko'nikish, moslashishdir; 
• 
to'lishish, boyish: oilada farzandlarning dunyoga kelish davri. Vazifa — oila 
a’zolarida tarbiyaviy qobiliyat va imkoniyatlarni rivojlantirish; 
• 
individual lash ish, oila a’zolarining ajralib chiqishi: oiladagi bolalar 
maktabga bora boshlagan payt. Vazifa - ota-onalar shaxsini bola shaxsidan ajratib 
olish va oilada ham, undan tashqarida ham yordam ko'rsatish; 
• 
o'rtoqlik munosabatlari: oilada o'smir bolalar mavjud bo'lgan davr. Vazifa - 
bola va ota-ona o'rtasida uning o'sib borayotgan mustaqilligini tushunishga 
asoslangan munosabatlarni o'rnatish; 
• 
qayta guruhlanish: voyaga yetgan farzandlar ota-ona uyini tashlab ketadi. 
Vazifa avlodlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'zgartirish, ota-onalar va bolalar 
o'rtasida «kattalar kattalar bilan» singari o'zaro munosabatlarga o'tish; 
• 
tiklash - oilada ota-ona tashvishlari to'la yo'qoladi. Vazifa - bolalarsiz er-
xotin juftligi munosabatini tikiash. Bolalar va ota-onalar munosabatlari ham 
o'zgarib ketadi; 
• 
o'zaro qo'llab-quwatlash - ota-onalar pensiyada, er-xotin ko'pincha buva va 
buvi bo'lib qoladi. Vazifa - avlodlar o'rtasida o'zaro qo'llab-quwatlash tizimini 
yaratish. 
Iqtisodiyotda «uy xo'jaligi» degan tushuncha bor, lekin buni ro'zg'ordagi 
xo'jalik ishlari deb tushunish noto'g'ri. Bu tushuncha iqtisodiy faoliyat yurituvchi 
xonadonni anglatib, bunda oilasizlar va oilalar tushuniladi. Uy xo'jaligining 
aksariyat qismini oila tashkil etadi. Bu xo'jalik iqtisodiyotning faol subyekti, ya’ni 
ishtirokchisi bo'lib, u iqtisodiy oborotda qatnashadi. Bu oborot mazmunan 
jamiyatda yaratilgan mahsulotlar, xizmatlar va ular qiymatining ifodasi bo'lgan pul 
mablag'larining aylanma harakatining bildiradi. Masalan, oila resurs bozoriga o'z 
tovarini: ish kuchi, ko'chmas mulki, yeri (agar u xususiy bo'lsa) va kapitalini 
chiqarib sotadi hamda evaziga pul oladi. Oilaga tegishli resurslarni firmalar va 
davlat sotib oladi. Oila o'z qo'liga tekkan pulga mahsulot va xizmatlar bozoriga 
firmalar yetkazib bergan tovarlarni, firmalar aksiyasini sotib oladi va shu hisobidan 
dividendga ega bo'ladi. 
Oilaning davlat bilan munosabati o'ziga xosdir. Oilaning daromad 
keltiruvchi a’zolari davlatga soliq to'laydilar va shu hisobidan davlatning ijtimoiy 
xizmatlaridan (xavfsizlik, obodon- chilik, bilim olish, davolanish) foydalanadi. 
Iqtisodiyotning bir maromda rivojlanishi uchun resurslar, eng awalo, ishchi kuchi 
zarur bo‘iib, ularni oila etkazib beradi. O'z navbatida yaratilgan mahsulot va 
xizmatlar sotilishi hamda iste’molga kelib tushishi kerak. Iste’molchilar esa oilada 
jamlangan, chunki kamdan-kam hollarda iste’molchi oiladan tashqarida yashovchi 
yakka kishilardan iborat bo'ladi. Oila mahsulotlarni xarid etmasa, ishlab chiqarish 
to'xtab qoladi, chunki ular sotilmaydi. 
Oilaning faoliyatiga firmalar ishi, davlat tuzumining barqarorligi ta’sir 
qiladi. Oilani mikroiqtisodiyotning bir ko'rinishi deb qaraladi. Mikroiqtisodivot 
makroiqtisodiyotga (milliy iqtisodiyotga) bog'liq bo'ladi. Shu sababli oilaning 


milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta va buni oilaning iqtisodiy vazifalarida 
ko'rish mumkin. Bu vazifalar shartli ravishda 3 qismga ajratiladi: 
1. 
Mehnat resurslarini yetkazib berish. 
2. 
Iste’mol etish va uy xo'jaligini yuritish. 
3. 
Ishlab chiqarish. 
Iqtisodiyotda “inson kapitali” degan tushuncha bor. Bu insonning aqliy va 
jismoniy qobiliyati bo'lib, ishchi kuchi shakliga ega. Oilada bola tug'iladi, tarbiya 
topib voyaga yetadi va mehnat resurslariga kelib qo'shiladi. U ulg'aygach, moddiy 
ne’matlar va xizmatlar yaratishda qatnashadi hamda jamiyatning iqtisodiy 
salohiyati va uning milliy boyligini oshirishga hissa qo'shadi. 
Oilada inson kapitalini shakllantirish farzandning tug'ilishidan boshlanadi. Farzand 
voyaga yetib oyoqqa turgunicha, oiladan anchagina moddiy va mehnat sarfini talab 
qiladi. Jamiyat rivojlangan sari bolalar tarbiyasi oila uchun serxarajat ishga 
aylanadi, shu sababli ota va ona bolalar sonining me’yorli bo'lishiga intiladi. Inson 
kapitalini shakllantirish bolalarni yedirib-ichirish va kiyin- tirish bilan 
cheklanmaydi, balki ularni mustaqil hayotga tayyorlash, iqtisodiy sharoitga 
moslashtirishni ham bildiradi. Oila zimmasiga ulg'aygan bolalarni amaliy ishga 
jalb etish ham yuklatiladiki, bu ularni oilaviy biznesga tortish, uy xo'jaligini 
yurgizishga jalb etish va yollanib ishlab pul topishni ham taqozo etadi. 

Yüklə 428,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin