•
qator xo'jalik-maishiy faoliyat turlarining oiladan tashqaridagi institutlardan
qaytadan oilaga qaytishi;
•
ayollarning oilaviy ishlab chiqarishga qaytishi;
2-jadval
Oilaning asosiy vazifalari
Oilaviy faoliyat
shakli
Jamoaviy vazifalar
Individual vazifalar
Reproduktiv
Jamiyatning biologik takror
barpo bo'lishi
Farzandlarga bo'lgan ehtiyojning
qondirilishi
Tarbiyaviy
Yosh
avlodning
ijtimoiylashuvi. Jamiyatning
madaniy
uzluksizligini
ta’minlash
Ota-onalikka,
farzandlar
bilan
muloqotga,
ularni tarbiyalashga
bo'lgan ehtiyojning qondirilishi
Xo'jalik-
maishiy
Jamiyat a’zolarining jismoniy
sog‘lig‘ini saqlash
Oilaning
bir
a’zosining
ikkinchisiga
xo'jalik-
maishiy
xizmat ko'rsatishi, farzandlarni
parvarish qilish
Iqtisodiy
Jamiyatning
voyaga
yetmagan
va
mehnatga
layoqatsiz a’zolarini iqtisodiy
ta’minlash
Oilaning
bir
a’zosining
ikkinchisidan
moddiy
yordam
olishi
(mehnatga
layoqatsizlik
holatlarida)
Ma’naviy
muloqot
Oila a’zolarining shaxsini
rivojlantirish
Oila
a’zolarining
ma’naviy
yuksalish.
Ijtimoiy-
maqom
Oila
a’zolariga
ma’lum
ijtimoiy maqonlning berilishi.
Ijtimoiy
tarkibning
takror
barpo bo'lishi
Ijtimoiy
intilishga
bo'lgan
ehtiyojning qondirilishi
Dam olish
Oqilona dam olishni tashkil
etish. Dam olish sohasida
ijtimoiy nazoratni amalga
oshirish
Oila a’zolarining birga dam
olishga
bo'lgan
ehtiyojlarining
qondirilishi, dam olishga bo'lgan
qiziqishlarning o'zaro boyitilishi
Emotsional
(psixoterapevtik
)
Shaxsning
emotsional
barqarorlashuvi, ularni ruhiy
davolash
Oiladagi
individlarga
ruhiy
yordam berish, emotsional qo'llab-
quwatlashni ta’minlash.
Jinsiy
Jinsiy nazorat
Jinsiy ehtiyojlarning qondirilish
O'zini-o'zi
muhofaza qilish
Oila
a’zolarini
xavfsiz,
sogiom,
to'laqonli
yashashlarini
ta’minlashga
asoslangan
oilaviy vazifalar
balansi
Individual
va
jamoaviy
yashashning
ehtiyojlarini
qondirish va mahalliy hamjamiyat
qiziqishlarining
asosini
tashkil
qilish
bolalarning ota-onalar ixtiyoriga iqtisodiy jihatdan kechroq berilishi va ota-
onalarning o'z farzandlaridan shaxsiy yordamchi xo'jalikda, kichik biznesda xodim
sifatida borgan sari ko'proq foydalanishlari va bundan manfaatdorligining bir
paytning o'zida bo ray otgan jarayoni chog'ida, oila tomonidan ularga
harajatlarning ko'payishi;
Oila va uy xo'jaliklarini ishlab chiqarish hamda iqtisodiy fao- liyatiga ko'ra ishlab
chiqaruvchilik va noishlab chiqaruvchilik turlariga ajratish mumkin.
Uy xo'jaliklarining ishlab chiqaruvchilik vazifasi o'z ichiga quyidagilarni oladi:
•
shaxsiy yordamchi xo'jaliklarni yuritishni, ya’ni qishloq xo'jaligi, jumladan,
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini uy xo'jaligida yctishtirish, iste’mol
qilish va tashqarida sotish, ishlab chiqarish uchun barcha turdagi yer
maydonlaridan (tonior- qa, bog‘, dala-hovli, poliz, hovli) foydalanishni;
•
kasanachilikni rivojlantirishni;
•
aholiga turli xil maishiy xizmatlami ko'rsatishni;
•
oilaviy biznesni.
Iqtisodiy noishlab chiqarish vazifalari o'z ichiga quyidagilarni oladi:
•
oilaviy lizing, ya’ni
uy-joy maydonlarini, daia-hovlilarni, yerlarni, uzoq
muddat foydalaniluvchi predmetlarni, asbob- uskunalarni, avtomobillarni,
garajlarni ijaraga berish;
•
qimmatli qog'ozlar va valyuta sotib olish hamda ulardan foydalanish,
banklarga omonatlar qo'yish bilan operatsiyalarni amalga oshirish.
Oila bozor xo'jaligida xaridorning kuchi yetadigan tovarni yaratishning eng muhim
omilidir. Ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan
keladigan daromadlar, boshqa
daromadlar oila darajasida uning a’zolari miqdoriga, ularning ijtimoiy-demografik
xususiyatlariga muvofiq qayta taqsimlanadi, bu o'z navbatida, ularni aynan oila
a’zolari sifatida iste’mol qilishga ta’sir qiladi.
Shunday qilib, oila vazifalari ning bajarilishi bir-biri bilan bog'liq holda ro'y
beradi. Ular o'zaro bog'liq holda rivojlanadi. Rivojlanish jarayonida oila vazifalari
bir-biriga omil sifatida ta’sir etadi. Masalan, oilada farzandlar tug‘ilishi. Oilada
farzandning sog‘-salomat tug'ilishi ona salomatligiga, ona salomatligi va tug'ilgan
farzandning sog'lom o'sishi esa oilaning iqtisodiy vazifasining bajarilish darajasiga,
ya’ni moddiy ta’minlanish darajasiga bevosita bog‘Jiqdir. Oilada tug'ilgan
farzandning etuk inson bo'lib shakllanishi oilaning ta’lim- tarbiyasiga, bola
dunyoqarashining shakllantirilishiga, ya’ni oilaning
ijtimoiy vazifalarining
bajarilishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. O'z navbatida, oilada farzandlar sonining
oshib borishi ham oilaning iqtisodiy vazifalarining bajarilish darajasiga ta’sir etadi.
Boshqacha qilib aytganda, oilada istiqomat qilayotgan oila a’zolarining ko'payib
borishi oilaning moddiy imkoniyatini ko'tarishni, ya’ni oilaning iqtisodiy vazifasini
bajarish darajasini tezlashtirishni talab etadi. Yoki oilaning ijtimoiy vazifasini olib
ko'raylik. Oilada farzandga berilgan ta’lim-tarbiya uning dunyoqarashining
shakllanishida, hayotga, yashashga bo'lgan munosabatlarida asosiy omildir.
Farzand oila muhitida katta bo'lar ekan, uning barcha xulq-atvori, atrof-muhitga,
oilaga bo'lgan munosabati, kelajakda o'zining
oila qurishi, farzandlar ko'rishi
haqidagi fikrlari shaldlanib boradi. Agar oilaning ijtimoiy vazifasi ijobiy bajarilsa,
ya’ni bolada oilaga, ota-onaga, keksalarga hurmat, o'zaro yordam kabi xislatlar
shakllansa, u kelajakda oila qurgach, o'zi ham farzandlarini xuddi shunday
tarbiyalashga intiladi. Demak, yangi avlodning oila qurishida,
yangi oilaning
shakllanishida oiladagi ijtimoiy vazifalarning bajarilishi asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
«Oila tarkibi» deganda, uning a’zolari o'rtasidagi qarindoshlik, ma’naviy,
axloqiy munosabatlar tizimi tushuniladi.
Oilalarning avtoritar va egalitar tarkibi mavjud. Avtoritar oilalar xotinning erga
qat’iy bo'ysunishi va odatda, ota-onalar va bola- laming o'zaro munosabatlaridagi
qattiq intizom bilan ajralib turadi. Egalitar oilalar er-xotinning shaxsiy sifatlari va
qobiliyatlariga muvofiq taqsimlanishiga, ulardan har birining qarorlar qabul
qilishda teng ishtirok etishlariga, vazifalar va bolalar tarbiyasining ixtiyoriy
taqsimotiga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: