bu oila talabini tabaqalashtiradi. Oila xarajatlari bir tomondan uning ehtiyojiga,
ikkinchi tomondan uning daromadiga bog'liq bo'ladi. Ehtiyoj ma’lum miqdordagi
mahsulotlar va xizmatlar oila uchun zarurligini anglatadi, ammo ularni xarid etish
uchun pul kerak bo'ladiki, uning miqdori daromadga borib taqaladi. Daromad
qanchalik ko'p bo'lsa, oilaning xarid qobiliyati shunchalik yuqori bo'ladi, ya’ni oila
sarf-xarajatlari ko'payadi.
Oilalar qanchalik farqlanmasin, baribir ular xarajatlarining umumiy jihati
borki, bu oiladagi kishilarning umuminsoniy ehtiyoji mavjudligidan kelib chiqadi.
Ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, madaniy hordiq chiqarish, bolalarni tarbiyalash
xarajatlari turli oilalarda miqdoran farqlansa-da, hamma yerda zarur bo'ladi.
Oila xarajatlari uning tarkibiga ham bog'liq. Oilaning ko'p yoki kam bolali bo'lishi,
birinchidan, uningjon boshiga daromadini farqlantirsa, ikkinchidan, uningjon
boshiga xarajatlari miqdorini va pulning nimaga sarflanishidagi tafovutni keltrib
chiqaradi, chunki bolalar soni oilaning kundalik ehtiyojini o'zgartirib yuboradi.
Ko'p bolali oilalarda ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, transport va tomosha ko'rish
xarajatlari yuqori bo'ladi. Bolasi kam oilalarda bu xarajatlarning salmog'i oz
bo'ladi.
Oilaning xarajati uning madaniy saviyasiga ham bog'liq. Madaniyat yuqori
joyda oila ehtiyoji sog'lom va oqilona bo'ladi yoki aksincha. Oiladagi ko'pchilik
noo'rin sarflar uning iste’mol madaniyatining pastligi bilan izohlanadi.
Soliqlar va badal puli kabi to'lovlar oila daromadidan chegirilib, uning xarajatlari
tarkibiga kiradi, biroq bu sarf oila ixtiyorida bo'lmaydi. Aksincha, daromadni
jamg'arish uchun sarflash oilaning ishidir.
Dostları ilə paylaş: