13-Ma’ruza: sathni o’lchash usullari va asboblari


 – rasm. Sig‘imli sath o‘lchagichning sxemasi  10-rasm



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix19.02.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#84944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9 – rasm. Sig‘imli sath o‘lchagichning sxemasi 
10-rasm. Sath o
‘lchashni elektron 
indikatori (EI) ning prinsipial
 sxemasi 


70 
Ko‘prik usulida nazorat qilinayotgan sig‘im ko‘prikning bir elkasiga ulanadi. Sath o‘zgarishi 
bilan sig‘im o‘zgaradi va ko‘prikda nomuvozanat holat vujudga keladi. Nomuvozanatlik signali 
kuchaytirgich orqali sath birligida darajalangan ko‘rsatuvchi elektr asbobiga uzatiladi. 
Ko‘prikli sxemalar eng sodda hisoblanadi. Sath o‘lchashni elektron indikatori (EI) ning (10-
rasm) sxemasi bunga misol bo‘la oladn. Ko‘prik T
r
transformatorning ikkita ikkilamchi chulg‘ami I va 
II o‘zgartkichni sig‘imi C
o‘z
va qo‘shimcha kondensator C dan iborat. Ko‘prik suyuqlikning nol sathida 
muvozanatlashgan, bu erda kuchaytirgichning kirishi va chiqishida signal nolga teng. Sath ortishi bilan 
C
o‘z
sig‘imi ortadi, ko‘prik nomuvozanatligi ortadi va kuchaytirgich kirishidagi kuchlanish ortib 
boradi. Bu signal kuchaytirgich eK bilan kuchaytiriladi, unifikasiyalangan signalga o‘zgartiriladi va 
ikkilamchi asbob O‘A bilan o‘lchanadi, eI sath o‘lchagichlarining o‘lchash chegaralari o‘zgartkich 
turiga bog‘liq va 1 dan 20 m gacha o‘zgarishi mumkin: yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegarasi 1 
dan 2,5 % gacha bo‘lishi mumkin. 
Sig‘imli sath o‘lchagichlar arzonligi, u bilan ishlashning soddaligi, idishda birlamchi 
o‘zgartkichni o‘rnatish qulayligi, harakatlanuvchi elementlarining yo‘qligi, haroratlarning 
(kriogenligidan +200 °C gacha) va bosimlarning (6 MPa gacha) etarlicha keng oralig‘ida foydalanish 
mumkinligi sababli keng tarqalgan. Ularning kamchiliklariga qovushqoq (1 Pas dan ortiq dinamik 
qovushqoqlikkacha), parda hosil qiluvchi, kristallanuvchi va cho‘kma hosil qiluvchi suyuqliklarning 
sathni o‘lchashga yaramasligini, shuningdek, suyuqlikning elektr 
xossalarining o‘zgarishiga va birlamchi o‘zgartkichni o‘lchash asbobi 
bilan ulaydigan kabel sig‘imi o‘zgarishiga g‘oyat sezgirligini kiritish 
mumkin. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin