Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoni


- ob'ekt yoki jarayonlarni belgilovchi asosiy faktorlar orasidagi muhim bog‘lanishlarni aks  ettirish;  -



Yüklə 432,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix20.02.2023
ölçüsü432,25 Kb.
#85054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
- ob'ekt yoki jarayonlarni belgilovchi asosiy faktorlar orasidagi muhim bog‘lanishlarni aks 
ettirish; 
berilgan aniq ma'lumotlar va munosabatlar asosida deduksiya uslubi orqali o‘rganilayotgan 
ob'ekt yoki jarayonlar uchun adekvat xulosalar olish
- o‘rganilayotgan ob'ektning amaldagi kuzatilishiga uni bog‘lovchi faktorlarning matematik 
statistika usullari yordamida shaklini hamda bog‘liqligini o‘rganish jarayonida ob'ekt haqida yangi 
bilimlarga ega bo‘lish; 
o‘rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon holatini matematika tili orqali aniq va ravshan ifodalash. 
Hozirgi paytda matematik modellashtirish iqtisodiy tadqiqotlarda, amaliy rejalashtirishda va 
boshqarishda yetakchi o‘rin egallab, kompyuterlashtirish bilan chambarchas bog’langan. 
Matematika, kompyuterlashtirish sohalari, umumuslubiy va predmet fanlarining rivojlanishi 
natijasida matematik modellashtirish uzluksiz rivojlanib, yangi-yangi matematik modellashtirish 
shakllari vujudga kelmoqda. 
Ob'ekt (jarayon, voqea) ning matematik modeli kamida ikkita guruh elementlarini o‘z ichiga 
olgan matematik masaladan iborat bo‘ladi. Ulardan birinchisi - ob'ektning aniqlanishi kerak bo‘lgan 
elementi, ikkinchisi esa ma'lum shartlar asosida o‘zgaradigan elementlar. 
Matematik modellar o‘zining tashqi shartlari, ichki va topilishi zarur bo’lgan elementlari 
bo‘yicha funksional va strukturali qismlarga bo‘linadi. 
Funksional model - X ga qiymat berib, Y ning qiymatini olish bo‘yicha ob'ektning 
o‘zgarishini ifodalaydi. Bunda bog’lanish o’rinli bo‘ladi. 
Strukturali modellar ob'ektning ichki tuzilishini, uning tuzilish qismlarini, ichki 
parametrlarini va ular orasidagi bog’lanishlarni ifodalaydi. Strukturali modellarning eng ko‘p 
tarqalgani quyidagilardan iborat: 
a) hamma noma'lumlar ob'ektning tashqi shartlari va ichki parametrlari funksiyalari shaklida 
ifodalanadi: 
b) noma'lumlar i tartibli (tenglamalar, tengsizliklar va hokazo) sistemalar yordamida 
aniqlanadi: 
Har doim ham (2) ko‘rinishdagi masalalar (1) ko‘rinishga keltirilavermaydi. Masalan, 
beshinchi yoki undan ortiq tartibli algebraik tenglamalarning umumiy yechimini (1) ko‘rinishda 
ifodalab bo‘lmaydi. 
Funksional va strukturali modellar bir-birini to‘ldiradi. Funksional modellarni o‘rganishda 
o‘rganilayotgan ob'ektning strukturasi haqida gipotezalar paydo bo‘ladi va shu bilan strukturali 


modelga yo‘l ochiladi. Ikkinchi tomondan esa, strukturali modellarni tahlil qilish ob'ektning tashqi 
o‘zgarish shartlarini takomillashtiradi. 
EHMning vujudga kelishi bilan modellashtirishning yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Model 
yaratish va unda tajribalar o‘tkazishda EHM katta rol o‘ynaydi. Bunday modellar imitatsion 
modellar deyiladi. Iqtisodiy jarayonlar va voqealarning matematik modellari iqtisodiy matematik 
modellar deyiladi. Amaliy maqsadlarda iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy jarayonlarning 
umumiy xossalari va qonuniyatlari bo‘yicha nazariy-analitik modellarga, konkret iqtisodiy 
masalalarni yechish (iqtisodiy tahlil, bashoratlash va boshqarish modellari) bo‘yicha esa tadbiqiy 
modellarga bo‘linadi. 
Iqtisodiy-matematik modellardan xalq xo‘jaligining turli sohalarini va ayrim qismlarini tadqiq 
etishda foydalanish mumkin. Masalan, iqtisodiy jarayonlarini modellashtirishda statistik usullar 
yordamida statistik modellar quriladi. Nazariy statistika asoslari yordamida esa indeksli, balansli va 
korrelyasion-regression modellar quriladi. 
Korrelyasion-regression tahlil yordamida belgilar o‘rtasidagi bog’lanishni ifodalovchi 
regressiya tenglamasi aniqlanadi va uni ma'lum ehtimol (ishonch darajasi) bilan baholash, 
bog’lanish zichligini aniqlash o‘rganiladi. Masalan, va o‘rtasidagi korrelyasion bog’lanish uchun 
regressiya tenglamasi y  a  kx ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, bu yerda a va k – kuzatish 
natijalari asosida aniqlanadigan regressiya tenglamasi koeffitsientlari. 
Qo‘llaniladigan matematik modellar har xil bo‘lgani uchun ularning umumlashgan tasnifini 
tuzish qiyin. Odatda adabiyotlarda keltirilgan tasniflar asosida har xil yo‘llar yotadi. Shunday 
yo‘llardan biri modellashtirilayotgan jarayonning tavsifi bilan bog‘liq bo‘lib, unda determinlashgan 
(aniq) va ehtimollik modellarga ajratiladi. Matematik modellarning bunday keng tarqalgan tasnifi 
bilan bir qatorda boshqalari ham mavjud. 

Yüklə 432,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin