4. Modellashtirilayotgan jarayonning tasodifiy darajasi bo’yicha: determinlashgan modellar; -
ehtimoliy modellar.
5. Amalga oshirish usuli bo’yicha: abstrakt (xayoliy) modellar; moddiy modellar.
Modellashtirish bosqichlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- masalaning qo‘yilishi va uni tahlil qilish: masalaning qo‘yilishi modellashtirishda muhim
o‘rin tutadi. Aniq qo‘yilgan masala asosiy elementlar va ular orasidagi bog‘lanish tarkibi va
miqdoriy xarakteristikasini aniqlaydi. Modellashtirishning dastlabki bosqichida ma'lumotlar
to‘planadi va tahlil qilinadi. Tahlil uchun tanlangan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va
modellashtirishning so‘ngi natijalariga bog‘liq, to‘plangan ma'lumotlar absolyut miqdorlarda va
yagona o‘lchov birliklarida ifodalanishi kerak. Bu bosqichda modellashtiriladigan ob'ekt va uni
abstraksiyalashning muhim tomonlari belgilanadi. Ob'ektning strukturasi va elementlari orasidagi
asosiy bog‘lanishlar, uning o‘zgarishi va rivojlanishi bo‘yicha gipotezalarni shakllantirish
masalalari o‘rganiladi.
- matematik modellar qurish: bunda qo‘yilgan masala aniq matematik bog‘lanishlar va
munosabatlar ya'ni, funksiya, tengsizlik va hokazolar shaklida ifodalanadi. Matematik modellar
qurish jarayoni matematika va texnika bo‘yicha ilmiy bilimlarning o‘zaro uyg‘unlashuvidan iborat.
Albatta, bunda matematik modelni yaxshi o‘rganilgan matematik masalalar sinfiga tegishli bo‘lishi
uchun harakat qilinadi. Biroq, shunday bo‘ladiki, texnik masalani modellashtirish oldindan ma'lum
bo‘lmagan matematik strukturalarga olib kelishi ham mumkin. XX asr o‘rtalaridan boshlab, texnika
fani va uning amaliyoti ehtiyojlaridan keli chiqib, matematik dasturlash, funksional analiz,
hisoblash matematikasi fanlari ham o‘z rivojini topdi.
Dostları ilə paylaş: