Mavzu: Basketbol o’yining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi
REJA:
1. Basketbolning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
2. O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi.
3. Xulosa va takliflar.
1. Basketbolning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Basketbol 1891 yilda AQShning Masashusti shtatidagi Springfild
kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Djeymis Neysmit tomonidan
kashf etilgan. Bu o’yinning yaratishda Neymit uzoq vaqtlardan beri keng
tarqalgan to’p bilan o’tkazilgan oddiy o’yinlar xarakatidagi tarixiy
ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin.
Kollejda o’tkazilgan gimnastika darslarini jonlantirish haqida
topshiriq olgan Djeymis Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o’yin
o’ylab chiqdi. U
balkon pajlarida shaftoli solinadigan ikkita savatni
osib qo’ydi. O’yinda qatnashuvchilar o’z raqiblarining savatlarga futbol
to’pini tushurishlari lozim edi. O’yinda erkaklar bilan ayollar birgalikda
qatnashadilar Neysmit taklif etgan o’yin birinchi kundanoq talabalar
orasida katta qiziqish uyg’otdi.
Gimnastika gruppasida 18 kishi bo’lgani uchun, ular ikki
komandaga bo’linib o’ynay boshladilar. Keyinchalik xar bir
komandalagi o’yinchilar soni 7 ta va 5 tagacha kamaytirildi.
To’p savatga tashlanganligi uchun bu o’yin “basketbol”
(“basket”g’ savat, “bol”-to’p) deb atala boshlandi.
1892 yil Neymist o’yini qoidalarining 13 moddasini tuzib
chiqdi, shundan so’ng maxsus musoboqalar o’tkazish boshlandi va bu
qoidalar yildan yilga mukammallashdi. Masalan, 1893 yilda 1 marta
temir doiralari tur savatlar paydo bo’ldi. Yana bir yildan so’ng to’pning
aylana uzunligi 30-32 duyum (76,2 g’81.3 sm) gacha ko’paytirildi. 1895
yilda 15 fut (5 m 25 sm) masofadan bajariladigan jarima to’plar
kiritiladi.
Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894 yilda AQSHda e’lon
qilingan e’lon qilingan edi. O’yin yildan yilga rivojlanib, o’yin texnikasi
va taktikasi vujudga keldi. 1896 yildan boshlab to’pni boshlab yerga
urib o’ynashga ruxsat berildi.
Basketbol avvalgi Amerikadan Sharq mamlakatlariga-Yaponiya,
Xitoy,
Flippin,
shundan
so’ng
esa, yevropa mamlakatlariga
Chexoslovakiya, Liva, Estoniya, Latviya, Italiya, Fransiyaga va nihoyat,
Janubiy Amerikaning ba’zi bir mamlakatlariga tarqaldi.
1921-31 yillarda milliy basketbol federatsiyalari tashkil qilina
boshladi. Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda basketbolning keng
tarqalishi natijasida 1932 yilning 18 iyunida Xalqaro basketbol
federatsiyasi (FIBA)ning tashkil qilinishi bu yilning rivojlanishida katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya,
Portugaliya, Reminiya, Shvesariya va Chexoslovakiya mamlakatlari
xalqaro basketbol federatsiyasiga birinchilar qatoriga a’zo bo’lib
kirdilar. O’yin butun dunyoga keng tarqala boshladi. 1935 yilda
Jenevada erkaklar komandalari o’rtasida birinchi yevropa
chempionati bo’lib o’tdi. Bunda Boltiq bo’yi mamlakatlarning
komandalari ustun keldilar Latviya terma komandasi birinchi bo’lib
yevropa chempioni unvoniga sazovor bo’ldi.
Olimpiada o’yinlari dasturiga basketbol birinchi marta 1936 yil
kiritildi. 11 olimpiada o’yinlarning basketbol turniriga 12 mamlakatning
erkaklar komanlalari qatnashdilar.
Ayollar o’rtasida birinchi yevropa chempionati 1938 yil Rimda
bo’ldi. Bunda Italiya milliy komandasi g’alaba qozondi.
1948-1956 yillar xalqaro basketbol federatsiyasining boshqa xalqaro sport
birlashmalarini ichida yuqori o’yinlardan birinchi egallash bilan
xarakterlanadi. Dunyo va yevropa chempionatlari kabi katta
musobaqalar FIBA rahbarligi ostida o’tdi. Hamma xalqaro
musobaqalarda dunyoning hamma nufuzli mamlakat jamoalari qatnashib
keldilar, bundan tashqari o’sha zamonlarda 1948 yilda 50 mamlakat
halqaro basketbol feyeratsiyasiga a’zo edi.
Basketbol texnikasi va taktikasi rivojlanib bordi. To’pni uzatib uni
yerga urib yurish va chalg’atishlarining yangi usullari vujudga keldi.
Masalan, to’pni savatga bir qo’llab otish, so’ngra esa, sakraganda bir
qo’llab otish usullarining paydo bo’lishi, basketbol texnikasi va taktikasi
juda ta’sir ko’rsatadi. Ilgari musobaqa hisobi 20-30 ochkodan
oshmasdan boshladi. Taktikada markaziy o’yinchi orqali hujum
uyushtirish sestemasi orqali o’zining shiddatli yakunini topmoqda.
1950 yilda Argentinada erkaklar jamoalari o’rtasida birinchi jahon
chempionati bo’lib o’tdi. Bunda mezbonlar birinchi o’rinni egalladilar.
Ayollar jamoalari uchun birinchi jahon chempionati 1953 yilda
o’tkazildi. Jahon chempionati unvoniga AQSH ayollar terma jamoasi
sazovor bo’ldi.
Jahon chempionati ayollar va erkaklar jamoasini uchun har 4 yilda
1 marotaba o’tkazilib kelinmoqda.
1950 yilning boshida basketbol o’yinning musobaqa qoidalariga
qo’yidagi o’zgarishlar kiritildi:.
- 30 sek foydasi (bunga asosan to’pni egallab turgan jamoa
30 sek vaqt ichida raqib savatiga otish lozim);
- 3 sek qoidasi va jarima maydonchasining kengaytirilishi
(bunga asosaan,hujumchi raqibning jarima maydonchasi ichida 3
sek dan ortiq turish taqiqlanadi);
- to’pni yerga urib yurishni boshladi, ko’p basketbolchining
qo’lidan chiqqandan so’ng tayanch oyoqni yerdan uzishga
ruxsat beriladi va hakozo.
Bu yillarda basketbol o’yinning texnikasi takomillashdi. Bir klub
to’p uzatish, faqat panja harakati bilan to’p uzatish chalg’itib uzatish
hamda to’pga qaramasdan uni yerga urib yurish, sakraganda bir va ikki
qo’llab to’pni savatga to’p otish usullari keng tarqaldi.
1957 yildan sshng basketbol juda katta rivojlanish davrini boshidan
kechirdi, o’sha davrda dunyoda hamdo’stlik davlatlar vakillari FIBA
o’tkazayotgan
konegress
va konferensiyalarda borib, o’yin jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan hamma
masalalarni xal qilishda faol qatnashar edilar.
FIBA rahbarligi ostida har yili muntazam qtkazilgan yevropa
chempionlari kubogi va kubok egalari musobaqalarida juda ko’plab
yevropa mamlakatlari qatnashib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda basketbol bilan boshqa sport turlariga nisbatan eng
ko’p (100 milliondan ortiq) kishi shug’ullanib kelmoqda. Xalqaro basketbol
federatsiyasiga 160 dan ortiq mamlakatlarning milliy federatsiyalar
a’zodir.
Basketbol Afrika qit’asining uzoq xududlariga va qitalardan
minglab km uzoqda joylashgan okeani orollariga ham yetib bormoqda.
Hozir basketbol Afrikaning 34 dan ortiq mamlakat aholisining
sevimli o’yiniga aylangan. 21 olimpiada o’yinlari dasturida (1976,
monerial) basketbol bo’yicha ayollar bellashuvini kiritilishi o’yinning
bundan keyingi rivojanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |