Bank siri to‘G‘risida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash



Yüklə 76,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix23.02.2023
ölçüsü76,17 Kb.
#85257
1   2   3   4   5   6   7   8   9
530-II-сон 30.08.2003. Bank siri to‘g‘risida

6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga
ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda
taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu ma’lumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy
maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanilishi taqiqlanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni
amalga oshirishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan
kafolatlanadi.
Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga
ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor
qilishi, shuningdek mazkur ma’lumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning
manfaatlari yo‘lida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita
yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida
yaratib berishi taqiqlanadi.
Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan,
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor
qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur
tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Agar bank bilan mijoz (vakil) o‘rtasida nizo kelib chiqqan bo‘lsa, bank o‘z huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil
etuvchi ma’lumotlarni zarur hollarda va doirada ma’lum qilishi mumkin.

Yüklə 76,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin