9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim
etiladi:
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat
ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni
xatlashni ta’minlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan
qaroriga ko‘ra;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-
qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror
asosida.
Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga
oshiruvchi organlar o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha banklarda
hisobvaraqlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining ma’lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi O‘RQ-697-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son) Oldingi tahrirga qarang. 10-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga va davlat ijrosiga taqdim etish (10-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar sudga uning yozma so‘rovi asosida, mazkur bank
mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat ijrochisiga uning yozma so‘rovi, shu
jumladan elektron hujjat tarzidagi so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan
davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi bo‘yicha taqdim etiladi.
(10-moddaning ikinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)