shpargalkalar, kalkulyatorlar, aloqa vositalari (shu jumladan uyali aloqa vositasi),
audio-, foto- va video-yozuv qurilmalari hamda boshqa
axborot-kommunikatsiya
vositalarini olib kirishi va ulardan foydalanishi taqiqlanadi. Shaxsiy buyumlar
auditoriyadagi alohida stolga qo‘yilishi kerak.
Modulning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli modul bo‘yicha mas’ul pedagog
tomonidan nazorat turini o‘tkazishda kalkulyatordan foydalanishga nisbatan
istisnolar belgilanishi mumkin.
Nazorat turlari bo‘yicha belgilangan vaqt tugagach o‘quvchi auditoriyani
darhol tark etishi lozim.
Mazkur
bandning
birinchi
va
ikkinchi xatboshilarida
ko‘rsatilgan talablarni
buzgan o‘quvchilar nazorat turidan chetlashtiriladi va dalolatnoma tuziladi hamda
o‘quvchilarning nazorat ishi bekor qilinib, unga nol reyting balli qo‘yiladi.
25.
Nazorat
o‘tkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va
kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning (yuridik
texnikum direktori, direktorning
o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i va
fakultet dekani bundan mustasno) kirishi qat’iyan taqiqlanadi.
26. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda quyidagi
huquqlarga ega:
nazorat turlari boshlanganidan keyin o‘quvchilarni auditoriyaga kiritmaslik;
nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqtda o‘quvchilarning o‘rnini almashtirish.
27. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilari nazorat turlarini o‘tkazishda
quyidagilarga majbur:
o‘quvchilarni nazorat turlari boshlanishidan avval uni o‘tkazish
tartibi va
davom etish vaqti haqida xabardor qilish;
o‘quvchilarga nazorat turlari boshlanishidan oldin foydalanish taqiqlangan
barcha predmetlarni kuzatuvchilarga topshirishlari zarurligini tushuntirish;
o‘quvchilarni auditoriyada bir-birlaridan ko‘chirishlari uchun imkon
bo‘lmaydigan holda joylashtirish;
nazorat turlari o‘tkazilayotgan vaqt davomida o‘quvchilar tomonidan tartibga
rioya qilinishini ta’minlash;
nazorat turlarini o‘tkazishda mazkur Nizomda belgilangan qoidalarni buzgan
o‘quvchilarni dalolatnoma tuzgan holda nazorat turidan chetlashtirish.
28. I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz o‘quvchilar
mazkur
Nizomda nazarda tutilgan nazorat turlarini yozma shaklda bajarish imkoniyati
mavjud bo‘lmaganda, u nazorat turi boshlanishidan kamida ikki hafta oldin
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga murojaat qiladi.
Bunda, mazkur bandning
birinchi xatboshisida
nazarda tutilgan o‘quvchi
tegishli nazorat turini og‘zaki imtihon shaklida yuridik
texnikum direktorining
buyrug‘i bilan tuziladigan yuridik texnikumning 5 nafar pedagog xodimlari
tarkibidan iborat komissiyaga topshiradi.
Komissiya tarkibi har o‘quv yili uchun bir marotaba tasdiqlanadi. Komissiya
uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli
hisoblanadi.
Komissiya
tomonidan
qo‘yilgan
ball
bayonnoma
bilan
rasmiylashtiriladi.
29. Nazorat turlarini o‘tkazish davomida o‘quvchilarning savollar mazmuni
bilan bog‘liq e’tirozlari ko‘rib chiqilmaydi.
30. Nazorat turlari uchun ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng, o‘quvchi o‘z
nazorat ishini auditoriya kuzatuvchisiga topshiradi. Nazorat ishlari soni auditoriya
kuzatuvchisi
tomonidan qayta sanaladi, nazorat ishi varaqlari uning imzosi bilan
tasdiqlanadi va nazoratda qatnashgan o‘quvchilar ro‘yxati hamda auditoriyadan
chetlashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomalar (agar mavjud bo‘lsa) bilan birgalikda
O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: