1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


-bob. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix24.02.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#85463
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
1-Maruza (2)

2-bob. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish
1-§. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish turlari 
11. O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim 
standartlariga muvofiqligini aniqlash uchun yuridik texnikumda oraliq va yakuniy 
nazorat yoki faqat yakuniy nazorat o‘tkaziladi. 
12. Modulning nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni hamda tegishli 
nazorat turi uchun maksimal va saralash ballari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv 
dasturida belgilanadi. 
O‘quv dasturi ta’lim jarayonini boshqarishning axborot tizimiga (bundan 
buyon matnda elektron ta’lim platformasi deb yuritiladi) o‘quv semestri 
boshlanishidan oldin kiritiladi. 
Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari har semestrning ikkinchi haftasidan 
kechiktirmay O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladi va direktorning 
o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. 
Nazorat turlarini o‘tkazish jadvallari tasdiqlangandan so‘ng bir ish kuni ichida 
fakultet dekani tomonidan elektron ta’lim platformasiga joylashtirilishi hamda 
o‘quvchilar e’tiboriga yetkazilishi ta’minlanadi. 
13. Oraliq nazorat semestr davomida modul o‘quv dasturining tegishli 
(modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugaganidan keyin 
o‘quvchining o‘zlashtirgan bilim va amaliy ko‘nikmasi darajasini aniqlash va 
baholash usuli hisoblanadi. 
14. Yakuniy nazorat muayyan modul bo‘yicha o‘quvchining nazariy bilim va 
amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasini, ularda modullar bo‘yicha egallashi 


zarur bo‘lgan kompetensiyalar shakllanganligini aniqlash va baholash usuli 
hisoblanadi. 
15. Nazorat turlari o‘quvchining o‘quv adabiyotlari, normativ-huquqiy 
hujjatlar bilan ishlash, protsessual hujjatlar loyihalarini tuzish bo‘yicha amaliy 
ko‘nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (case-study), mantiqiy fikrlash, o‘z 
fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini baholashga qaratilgan. 
16. Nazorat turlari bo‘yicha savollar va topshiriqlar modul rahbari hamda dars 
mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog xodim tomonidan birgalikda ishlab 
chiqiladi. 
Kafedra mudiri nazorat turlari bo‘yicha savollarning sifatli tayyorlanishi va har 
semestrning birinchi haftasida fakultet dekaniga taqdim qilinishini ta’minlaydi. 
17. Fakultet dekani nazorat turlari bo‘yicha savollarni qabul qilgan kundan 
boshlab besh ish kuni ichida uning o‘quv dasturida belgilangan talablarga 
muvofiqligini tekshirgan holda O‘quv-metodik bo‘limga taqdim qiladi. 
18. Nazorat turlari bo‘yicha savollar, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va 
muammoli vaziyatlarni yoki faqat muammoli vaziyatni (case-study) o‘z ichiga oladi. 
Savollar: 
o‘quvchilarning o‘tgan o‘quv yillarida tayyorlangan yozma ishlardan 
foydalanish imkoniyatini istisno qilish uchun zaruratga ko‘ra yangilanishi; 
o‘quvchilarning o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan bilimlarini ifoda etishi; 
muammoli vaziyatlar bo‘yicha munozaraga kirishishga qaratilgan bo‘lishi; 
aniq, normativ-huquqiy hujjatlar ko‘rsatmalariga asoslangan va amaliyot bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lishi; 
mazmuni o‘quv dasturiga muvofiq bo‘lishi; 
o‘z ichiga o‘quv dasturining tegishli bo‘limlarini to‘liq qamrab oluvchi 
ma’lumotlarni mujassam qilgan bo‘lishi; 
huquqiy manbalar asosida o‘z nuqtai nazarini asoslash va protsessual hujjatlar 
loyihalarini tuzish ko‘nikmalari shakllanganligini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi; 


o‘quvchilarning modulni o‘zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko‘nikmalarini, 
mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish 
qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lishi lozim. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin