Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyiha boshqaruvi


 Loyihani boshqarishning 16 ta metodologiyasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/76
tarix24.02.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#85479
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
 
3.4. Loyihani boshqarishning 16 ta metodologiyasi 
1. APF (Adaptive Project Framework) Moslashtirilgan / tartibga solinadigan 
loyiha hajmidan (doirasidan) foydalanish. 
Oldingi natijalardan olingan tajribaga asoslangan holda har bir bosqichda 
loyihani takomillashtirishga imkon beradi. Loyiha maqsadlarini aniqlab, loyihaning 
ishini doimiy ravishda kuzatib borishi bilan menejer potensial iste’molchi uchun 
biznesning yuqori qiymatining muvaffaqiyatini ta’minlashi va biznesning qiymatini 
yaratishi mumkin. 
2. Benefit Realization (BF)Maqsad: loyihani amalga oshirishdan foyda. 
Muvaffaqiyat istalgan / kutilgan foydaning yutugʻi sifatida tavsiflanadi. 
Mijozlar CRM (customer relation ship management software- mijozlar bilan 
munosabatlarni boshqarish tizimi) sotilishini oshirishni xohlashsa, CRM ishi 
belgilangan vaqtda va budjetga muvofiq belgilansa ham, loyiha savdo hajmi 15 foizga 
oshguncha tugallanmaydi / amalga oshirilmaydi. 
3.AGILE. 
Loyiha boshqaruvi jarayonida tez oʻzgarishga tez moslashishi, soʻnggi 
rivojlanish tendensiyalarini kuzatish va ulardan foyda olish muhimdir. Inson manbai 
ham muhimdir. Shuning uchun, hamkorlik va moslashuvchanlikka asoslangan 
dinamik loyiha guruhini yaratish qobiliyati, murosaga erishish mumkinligi zarur. 
Steykxolderlar (manfaatdor tomonlar) muhim rol oʻynaydi. Ular har bir bosqichda 


31 
loyihani nazorat qiladi va tekshiradi, va jamoa a’zolari, oʻz navbatida, loyihani toʻgʻri 
va oʻz vaqtida tuzatib, iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini qondiradigan yuqori 
sifatli mahsulot / xizmatlarni yaratadilar. 
4. Critical Chain Project Management (CCPM) Tanqidiy (kritik)zanjir usuli 
bu’yicha loyihalarni boshqarish. 
Bu loyihada tanqidiy / kechikishlar oldini olish, tanqidiy yoʻlni / ish zanjirini 
aniqlash, shuningdek ushbu ishlar uchun resurslar zaxirasini (vaqt chegarasi) 
aniqlashga yordam beradi. Jadvallar qurilganligi sababli, resurslar mavjudligini 
hisobga olgan holda, loyiha uzoqroq boʻlishi mumkin, ammo asosiy voqealarni 
bartaraf etish ehtimoli kamayishi mumkin. Tanqidiy zanjirlarning metodologiyasi 
asosan loyiha uchun muhim boʻlgan asosiy ishlarni va ish muddatlarini saqlashni va 
loyihaning yakuniy yakunlanishini tashkil etish hisoblanadi. Loyihaning tanqidiy ishi 
manba va ma’muriy cheklovlarni hisobga olgan holda mantiqiy yoʻnalishlarga bogʻliq; 
Agar loyiha cheklangan resurslarga ega boʻlmasa, hisoblangan koʻrsatkichlar ishning 
davomiyligini baholash uchun PERT(Program Evaluation and Review Technique) 
probabilistik yoki ehtimollik uslubiga oʻxshash boʻladi. Agar loyiha hali ham 
cheklangan resurslarga ega boʻlsa, kerak: 
- Jadvaldagi juda muhim ishlarni aniqlash uchun bunday ishlar koʻpincha asosiy "qizil" 
zanjirga parallel ravishda bajariladi, lekin qisqartirilgan shartlar bilan ular diqqat 
qilinmasa juda oson tanqidga tushishi mumkin.
- Resurs bogʻlanishlari yordamida loyihaning tanqidiy zanjiri aniqlanadi. 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin