Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyiha boshqaruvi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/76
tarix24.02.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#85479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
“Asosiy” tizim. Loyiha menejeri (menedjer) mijozning vakili ("agent") boʻlib, 
qabul qilingan qarorlar uchun moliyaviy javobgar emas. Kasbiy menejment 
(boshqaruv) uchun litsenziyaga ega loyiha ishtirokchisi boʻlgan har qanday yuridik 
yoki jismoniy shaxs boʻlishi mumkin. Bunday holda, loyiha menejeri loyihani ishlab 
chiqish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarishni ta’minlaydi hamda 
boshqa loyiha ishtirokchilari (mijoz yoki buyurtmachidan tashqari) bilan shartnoma 
munosabatlaridan iborat boʻlmaydi. 



Tizimning afzalligi - loyiha menejerining xolisligi, kamchiliklari - loyihaning 
natijalari uchun javobgarlik butunlay mijozga tegishli (mas’uliyat butunlay mijozga 
yuklanadi). 
“Murakkab (kengaytirilgan) boshqaruv” tizimi. Loyiha menejeri (menejer) - 
loyiha uchun belgilangan (baholangan) narx boʻyicha javobgarlikni oladi. Loyiha 
menejeri loyiha jarayonlarini oʻzi, mijoz va loyiha ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan 
shartnomalarga muvofiq boshqaradi va muvofiqlashtiradi. "Asosiy" tizimda boʻlgani 
kabi, har qanday yuridik shaxs yoki jismoniyshaxs - professional boshqaruv uchun 
litsenziyaga ega boʻlgan va mijozga boʻlgan majburiyatlarini bajara oladigan loyiha 
ishtirokchisi boʻlishi mumkin. Loyiha menejeri loyihani boshqaradi, yetkazib berish va 
muhandislik ishlarini muvofiqlashtiradi. Bunday holda, javobgarlik shartnoma 
doirasida loyiha boshqaruvchisiga yuklanadi. 
“Tayor holda topshirish” tizimi. Loyiha menejeri (menejer) 
loyiha-konstruktorlik firmasi boʻlib, mijoz u bilan loyihaning e’lon qilingan qiymati 
buyicha “tayor holda topshirish”shartnomasini tuzadi. 
 
 
1.2. Loyihalarni boshqarish tarixi 
 
 
Har qanday loyiha bir necha fazalardan (bosqichlardan) oʻtadi. Albatta, barcha 
fazalar (bosqichlar) orqali loyihani amalga oshirish uchun ular biron-bir tarzda 
boshqarilishi kerak. Shu ma’noda Misr piramidasi yoki Xitoyning buyuk devorining 
qurilishi kabi mashhur loyihalarni boshqargan. Boshqariluvchi - muvaffaqiyatsiz emas 
(muvaffaqiyatni faqat oʻz vaqtida bajarish yoki texnik natijalar bilan baholaymiz) - 
mudofaa, yoqilgʻi-energetika va sobiq Sovet Ittifoqining boshqa tarmoqlaridagi 
loyihalar ham boshqarilgan.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin