9
Tizimning afzalligi - loyiha menejerining xolisligi, kamchiliklari - loyihaning
natijalari uchun javobgarlik butunlay mijozga tegishli (mas’uliyat butunlay mijozga
yuklanadi).
“Murakkab (kengaytirilgan) boshqaruv” tizimi. Loyiha menejeri (menejer) -
loyiha uchun belgilangan (baholangan) narx boʻyicha javobgarlikni oladi.
Loyiha
menejeri loyiha jarayonlarini oʻzi, mijoz va loyiha ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan
shartnomalarga muvofiq boshqaradi va muvofiqlashtiradi. "Asosiy" tizimda boʻlgani
kabi, har qanday yuridik shaxs yoki jismoniyshaxs - professional boshqaruv uchun
litsenziyaga ega boʻlgan va mijozga boʻlgan majburiyatlarini bajara oladigan loyiha
ishtirokchisi boʻlishi mumkin. Loyiha menejeri loyihani boshqaradi, yetkazib berish va
muhandislik ishlarini muvofiqlashtiradi.
Bunday holda,
javobgarlik shartnoma
doirasida loyiha boshqaruvchisiga yuklanadi.
“Tayor holda topshirish” tizimi. Loyiha menejeri (menejer)
loyiha-konstruktorlik firmasi boʻlib, mijoz u bilan loyihaning e’lon qilingan qiymati
buyicha “tayor holda topshirish”shartnomasini tuzadi.
1.2. Loyihalarni boshqarish tarixi
Har qanday loyiha bir necha fazalardan (bosqichlardan) oʻtadi. Albatta, barcha
fazalar (bosqichlar) orqali loyihani amalga oshirish
uchun ular biron-bir tarzda
boshqarilishi kerak. Shu ma’noda Misr piramidasi yoki Xitoyning buyuk devorining
qurilishi kabi mashhur loyihalarni boshqargan. Boshqariluvchi - muvaffaqiyatsiz emas
(muvaffaqiyatni faqat oʻz vaqtida bajarish yoki texnik natijalar bilan baholaymiz) -
mudofaa, yoqilgʻi-energetika va sobiq Sovet Ittifoqining
boshqa tarmoqlaridagi
loyihalar ham boshqarilgan.
Dostları ilə paylaş: