O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Landshaft

qismini ajratib olishni taqozo etadi. Chegaradan shimolda qurg‗oqchil hududlar 
subboreal landshaftlar qismi va janubda juda qurg‗oqchil hududlar subtropik
landshaftlar qismi joylashgandir. Ikkala landshaftlar qismidagi asosiy iqlimiy 
farqlar L.N.Babushkin (1964) tomonidan yetarli darajada izohlab berilgan. 
Bundagi eng asosiy farqlar atmosfera sirkulyatsiyasida, yog‗in-sochinning fasllar 
bo‗ylab turlicha nisbatda tushishida va termik resurslarning turlicha 
taqsimlanishidadir. 
Janubdagi landshaftlar qismi ikkita landshaft sinfiga bo‗linadi, ya‘ni tekislik 
landshaftlari va tog‗ landshaftlari sinfiga. Maydon jihatidan tekislik landshaftlari 
xukumrondir. Tog‗ landshaftlari esa kenglik zonasi ichida orol tariqasida uchraydi. 
Tekislik landshaftlari o‗z navbatida akkumulyativ tekislik landshaftlari, 
denudatsion baland tekislik landshaftlari kabi kichik sinflarga bo‗linadi. 
Keyingi tasnif birligi - landshaft guruhi landshaftlarning namlanish 
xususiyatiga qarab, yer osti suvlarining harakatchanligiga va harakatchan kimyoviy 
unsurlarning chiqib ketishi yoki to‗yinishi ustunligiga qarab (avtomorf 
landshaftlar, yarimgidromorf landshaftlar va gidromorf landshaftlar guruhlari) 
ajratilgan. Landshaftlarning bunday xususiyatlarini aniqlab olish qurg‗oqchil va 
juda qurg‗oqchil hududlarda landshaftlar rivojlanishining umumiy yo‗nalishlarini 
bilib olish uchun juda muximdir. Landshaftning avtomorf yoki gidromorf bo‗lishi 
uning ma‘lum vaqt davomidagi holatini aks ettiradi va landshaft taraqqiyotini 
bashorat qilishda ahamiyatlidir. 
Avtomorf landshaftlar boshqa guruh landshaftlariga nisbatan ko‗proq 
tarqalgan bo‗lib, ular o‗z navbatida landshaft turlariga bo‗linadi. Bular shimoliy 
cho‗llar landshaftlari va janubiy cho‗llar landshaftlaridir. Bu turlar orasidagi 
chegara biz yuqorida aytib o‗tgan landshaft qismlari orasidagi chegaraga mos 
keladi. Landshaft turlarini aniqlashda asosan tuproq va bioiqlimiy xususiyatlarga 
ko‗proq e‘tibor beriladi. Turlar orasidagi iqlimiy farqlar nurash va tuproq hosil 
bo‗lish jarayonida, asosiy o‗simlik turlarining shakillanishida, ularning tarkibi, 


52 
o‗zgarishi va xatto hosildorligida ham o‗z aksini topgan. Gidromorf landshaftlarda 
esa qo‗shimcha grunt suvlari hisobiga to‗yinish holati yuz berganligi uchun zonal 
farqlar anchagina o‗z izini yo‗qotgan va ular botqoq landshaftlari, o‗tloq 
landshaftlar, sho‗rxok landshaftlar, to‗qay landshaftlari va voxa landshaftlari 
ko‗rinishida alohida turlarni hosil qiladi. 
Landshaftlar toifasi landshaft turlari ichida aniqlanib, asosan geologik-
geomorfologik shart-sharoitlarga qarab, ya‘ni landshaftni hosil qiluvchi relefning 
genetik turiga va geologik tuzilishiga asoslanib ajratiladi. Masalan, ushbu hududda 
allyuvial tekisliklar landshaftlari, dengiz tekisliklari landshaftlari, prolyuvial 
tekisliklar landshaftlari va h.k. 
Landshaft toifalari o‗z navbatida landshaft xillariga bo‗linadi. Ular individual 
landshaftlarning tipologik umumiyligi asosida aniqlanadi. Landshaft xillariga 
misol tariqasida qumli cho‗l tuproqli oq saksovulzor landshafti, qumli cho‗l 
tuproqli efemerlar aralashgan psammofit butazorlar landshaftini aytib o‗tsa bo‗ladi. 
Biz qisqacha ta‘riflab ko‗rmoqchi bo‗lgan landshaftlar tasnifi (O‗rta Osiyo), 
jumladan O‗zbekiston Respublikasi landshaftlar haritasini tuzishda aniq va puxta 
asos bo‗lib xizmat qilishi mumkin. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin