O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Landshaft

tarixiy-evolyutsion tamoyildir. Bunda landshaftni invariant tushunchasi nuqtai 
nazaridan qarashga to‗g‗ri keladi. Ushbu tamoyilga amal qilinganda bir tasnif 
jadvalining o‗zida geografik tizimlardagi juda ko‗p va turli-tuman moddiy borliqni 
qamrab olishi mumkin bo‗ladi. Qo‗l ostimizda ma‘lum miqdorda paleogeografik 
ma‘lumotlar mavjud bo‗lgan taqdirda bu tamoyildan foydalanish juda yaxshi 
natijalar berishi mumkin, ya‘ni landshaftlarning tashkil topishi va rivojlanishidagi 
ichki va tashqi aloqadorliklarni tasnif jadvalida aks ettirish mumkin bo‗ladi. 
Landshaftlar tasnifida tarixiy yondashish albatta landshaftlarning kelib 
chiqishi (genezisi)ni tahlil qilish bilan bog‗liqdir. Landshaftlarning kelib chiqish va 
rivojlanish tarixi ularning ichki strukturasining o‗ziga xosligini keltirib chiqaradi. 
Shuning uchun landshaftlarni tasniflashda foydalanilayotgan tarixiy genetik 
tamoyil landshaftlarning ichki tuzilishini tahlil qilish bilan bevosita bog‗liq bo‗lib 
qoladi. 
Landshaftlar tasnifida landshaftlar ichki tuzilishini tahlil qilish qoidasi asosida 
bir butunni uning qismlari bilan hamda qismlari orasidagi o‗zaro ta‘sir va 
aloqadorliklarni taxlili yotadi. Biz landshaftlarni ko‗p yaruslik geotizimlar deb 


47 
qabul qilgan edik. Bu bilan biz har bir landshaft ma‘lum komponentlar 
majmuasidan iboratgina bo‗lib qolmasdan, balki o‗zidan kichikroq bo‗lgan 
komplekslardan tuzilganligini ham e‘tirof etgan bo‗lamiz. Shunday ekan, 
landshaftlarning ichki tuzilishi haqida gap borganda faqat komponentlar orasidagi 
emas, balki kichik yoki oddiy komplekslar orasidagi o‗zaro aloqadorliklar ham 
tushuniladi. M.A.Glazovskaya (1961) tomonidan tavsiya etilgan geokimyoviy 
landshaftlar tasnifi ham ana shu tamoyil asosida tuzilgandir. 
Landshaftlar ochiq geotizimlar bo‗lganligi sababli, ular o‗z yon-atroflaridagi 
landshaftlar bilan ham modda va energiya almashinishi ko‗rinishida aloqador 
bo‗lib turadi. Agar biz tasnif tuzishda landshaftlarni o‗z ichki tuzilishiga ega 
malum bir tizimdir degan qoidaga amal qiladigan bo‗lsak, landshaftlarning ichki 
aloqadorligidan tashqari ularning atrof-muhit bilan va qo‗shni landshaftlar bilan 
bo‗ladigan aloqadorliklarini ham hisobga olish kerak bo‗ladi. 
Odatda landshaftlarning ichki tuzilishining taxlili asosida tasnifning kichik 
taksonomik birliklarini aniqlab olish mumkin bo‗ladi. Katta taksonomik birliklarni 
aniqlayotganda esa ko‗proq landshaftlarning o‗zaro aloqadorliklariga va yondashib 
kelish xususiyatlariga ko‗proq asoslanishga to‗g‗ri keladi. 
Landshaftlar tasnifini tuzganda, u puxta va "tabiiy" bo‗lishi uchun tarixiy-
genetik tuzilishi tamoyillariga amal qilgan ma‘qul ko‗rinadi. 
Har qanday ilmiy tasniflash avvalo tasnif qilinayotgan ob‘ektga yoki hodisaga 
tegishli bo‗lgan ma‘lum belgilarni tanlab olishni taqozo qiladi. Landshaftlarning 
ayrim guruhlarga tipologik birlashtirilishi yoki aksincha tabaqalanishi turli-tuman 
shart-sharoitlarga bog‗liq. Masalan, landshaftlarning ichki xususiyatlariga, qo‗shni 
landshaftlarga yondashib kelishiga, landshaft tashkil qiluvchi omillar va 
hodisalarning majmuiga, ularning rivojlanish xususiyatlari va xokazolarga 
bog‗liqdir. 
Shuning uchun har qanday tasnifdagi birliklarning mavqeini aniqlashda faqat 
birgina belgini asos qilib olish qiyin bo‗lib, xatto bunday belgini izlab o‗tirishning 
o‗zi ham mantiqan noto‗g‗ri bo‗lar edi. Buning sababi shundaki, aniqlanadigan va 
tasniflanadigan turli-tuman birliklarni o‗z kuchi va qiymati turlicha bo‗lgan omillar 
asosidagina umumlashtirish mumkin bo‗ladi. Umuman olganda, asosiy belgilarni 
tanlab olish, tasniflash jarayonini eng muhim va ma‘suliyatli bosqichlaridan biri 
hisoblanadi. Landshaftlar tasnifining asosiy birliklari. Landshaftlar tasnifida ham 
boshqa ko‗pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar 
ishlatiladi. Bunday tshunchalarni birma-bir izohlab berishdan oldin bir-ikki taniqli 
geograf olimlar ishlab chiqqan tasnif ko‗rinishlarini misol tariqasida keltirib 
o‗tmoqchimiz. Dastlabki ana shunday ishlardan biri N.A.Gvozdeskiy (1961) ga 
tegishlidir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf-tur-kichik tur-guruh-xil 
ko‗rinishda bo‗lib, anchagina ixcham tarxlardan biridir. A.G. Isachenko (1961) 
tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: tur-kichik tur-sinf-kichik sinf-xil-kichik xil-
variant ko‗rinishiga ega. 
Bu ikki tasnif bir-biridan ozmi-ko‗pmi farq qiladi. Jumladan, eng katta birlik 
sifatida N.A.Gvozdeskiy sinfni qabul qilar ekan, u eng avval tog‗lar va tekisliklar 
landshaftlarini ikki sinfga bo‗lib tashlashni tavsiya etsa, A.G.Isachenko esa 
dastavval landshaft turlarini aniqlab olishni, so‗ngra sinflarga bo‗lishni ma‘qul 


48 
ko‗radi. Landshaft turlarini aniqlab olishda eng asosiy mezon sifatida 
landshaftlarning gidrotermik rejimi, ya‘ni namlik va issiqlik taqsimlanishidagi 
dunyo miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi. 
A.G.Isachenko fikricha landshaftlarning bir-biriga o‗xshashligi yoki bir-
biridan farqi juda ko‗p sabablar bilan belgilanadi va ularning ichidan eng 
asosiysini aniqlab ola bilish tasnif tarxidagi eng katta birlikni tanlashga asos 
bo‗ladi. 
Hozirgi vaqtda eng mukammal ishlangan landshaftlar tasnifining muallifi 
V.A.Nikolayev (1973, 1979) ekanligi ko‗pchilik geograflar tomonidan e‘tirof 
etilmoqda. U tavsiya etgan ko‗p pog‗onali tasnif tarxi; bo‗lim-qism-kichik qism-
sinf-kichik sinf-guruh-tur-kichik tur-toifa-kichik toifa-xil-variant ko‗rinishida 
bo‗lib, yer yuzasidagi barcha landshaftlarni ma‘lum bir tartib bilan o‗rganishga 
yaxshi ilmiy asos bo‗la oladi. 
Quyida biz V.A.Nikolayev tavsiya etgan ana shu landshaftlar tasnifidagi
birliklarni izohi bilan chegaralanamiz. Chunki bu izohlar boshqa tasnif tarxlaridagi 
birliklar izohiga ko‗p jihatdan mos keladi. 
Shunday qilib, landshaftlar tasnifida ishlatiladigan eng yirik birlik landshaftlar 
bo‗limi hisoblanadi. Bo‗lim darajasiga kiruvchi landshaftlar asosan Yerning 
geografik qobiqni tashkil qiluvchi turli geosferalarning bir-biri bilan tutashib 
turishi va o‗zaro ta‘sir turiga qarab aniqlanadi. Bu haqda taniqli tabiiy geograf 
F.N.Milkov (1970) "Landshaftlar bo‗limi landshaftshunoslikdagi eng yuksak 
tipologik birlikdir" degan fikrni bildiradi. Bu birlik F.N. Mil‘kov aytganidek 
litosfera, atmosfera, gidrosferalarning o‗zaro ta‘sir xususiyatiga va shunga bog‗liq 
holda o‗zaro modda va energiya almashinish shakli hamda jadalligi o‗xshash 
bo‗lgan landshaftlarni birlashtiradi. Landshaftlar bo‗limiga misol sifatida quruqlik 
landshaftlari, suv landshaftlari, suv osti landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz 
faqat quruqlik landshaftlariga tegishli bo‗lgan masalalar haqidagina so‗z yuritamiz. 
Landshaftlar bo‗limi ichida dastavval landshaftlar qismini ajratamiz. 
Landshaftlar qismi birligi landshaftlarning eng asosiy energetika bazasi bo‗lmish 
namlik va issiqlik balansidagi farqlar va o‗xshashliklarga qarab birlashtirishga 
imkoniyat beradi. Bunday o‗xshashlik yoki farqlar joylarning makroiqlimiy 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlar bilan o‗z navbatida joyning 
gidrologik rejimi, xukumron bo‗lgan o‗simlik turi va biologik modda aylanish turi 
kabilar chambarchas bog‗liqdir. Bu yerda gap ko‗proq iqlim mintaqalari haqida 
borayapti, ya‘ni bitta iqlim mintaqasida rivojlangan landshaftlarning hammasi xox 
u tog‗ landshafti, xox tekislik landshaftlari bo‗lsin bitta qismga taalluqli 
hisoblanadi. Masalan, Qara dengizi bo‗ylaridan Turkmanistonning janubigacha 
bo‗lgan makonda: arktik, subarktik, boreal, subboreal, subtropik landshaftlar 
qismini ajratish mumkin. 
Bizga ma‘lumki, yuqorida sanab o‗tilgan mintaqalar tabiati g‗arbdan sharqqa 
tomon, ya‘ni Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari, kontinentallik ortib borgan sari 
o‗zgarib boradi. Shuni e‘tiborga olsak, landshaftlar qismi o‗z navbatida 
landshaftlarning kichik qismiga bo‗linib ketishi mumkinligini ko‗ramiz. 
Landshaftlar tasnifidagi navbatdagi birlik-landshaftlar sinfdir. Bu birlik 
yuqorida 
misol 
keltirilgan 
barcha 
tasnif 
tarxlarida 
(N.A.Gvozdeskiy, 


49 
A.G.Isachenko) ishtirok etadi. Bu tasniflash tajribalarining deyarli hammasida ham 
sinflarni aniqlashda birgina xususiyat, ya‘ni landshaftlarning morfotektonik 
xususiyati asos qilib olinadi va asosan ikkita landshaftlar sinfi ajratiladi: tog‗lar 
landshaftlari sinfi va tekisliklar landshaftlari sinfi. Bu ikki sinf orasidagi eng asosiy 
farq ularda tabiiy zonalarning ikki xil ko‗rinishda(tekislikda kengliklar bo‗ylab, 
tog‗larda esa pastdan yuqoriga) bo‗lishidir. 
Tog‗ landshaftlarining ham, tekislik landshaftlarining ham tabaqalanishida 
yana bir gipsometrik omil, ya‘ni landshaftlarning pog‗onalar hosil qilib joylashish 
xususiyati borligini e‘tiborga olsak, unda landshaft sinflarining ichida landshaft 
kichik sinflarini ajratish mumkin bo‗ladi. Masalan, tekislik landshaftlari pastqam, 
past va baland tekislik landshaftlari kichik sinflariga, tog‗ landshaftlari esa past 
tog‗lar, o‗rtacha balandlikdagi tog‗lar, baland tog‗lar landshaftlari kichik sinflariga 
bo‗linib ketadi. 
Navbatdagi tasnif birligi-landshaftlar guruhidir. Bu birlikni aniqlab olishda 
asosiy belgi sifatida landshaftlarning suv va geokimyoviy tartibi, ya‘ni 
landshaftlarning atmosfera yog‗inlari hisobiga, grunt suvlari hisobiga yoki yana bir 
boshqa suvlar hisobiga namlanish nisbati asos qilinib olinadi. Ana shu belgilarga 
qarab tekislik landshaftlari ichida elyuvial, elyuvial-gidromorf (yarim gidromorf), 
gidromorf landshaftlar guruhlarini ajratish mumkin. 
Landshaftlar guruhi birligini ajratishning (ayniqsa tekislik landshaftlari 
uchun) ahamiyati e‘tiborga loyiqdir. Buning sababi o‗tmishda va hozirgi vaqtda 
landshaftlarning ichki tuzilishi hamda ularning rivojlanish yo‗nalishi qay tarzda 
bo‗lganligi ko‗p jihatdan ularning suv-geokimyoviy tartibining o‗ziga xos 
xususiyatlari bilan bog‗liqligidadir. Shuning uchun landshaftlar taraqqiyoti 
kelajakda qanday bo‗lishini bashorat (prognoz) qilish uchun ham landshaftlar 
guruhini aniqlab olish katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Landshaftlarning elyuvial, gidromorf yoki yarim gidromorf bo‗lishi ular 
taraqqiyotining ma‘lum davrdagi holatini aks ettiradi. Namlanish harakteri 
o‗zgarishi bilan landshaftlar bir holatdan ikkinchi holatga o‗tishi mumkin, ya‘ni bir 
guruhga mansub landshaftlar ikkinchi guruhga o‗tib qolishi mumkin. 
Landshaftlarning suv-geokimyoviy tartibini o‗rganishning ahamiyati katta bo‗lib, 
unga dastavval B.B.Polinov (1956), A.I.Perelman (1975), M.A.Glazovskaya 
(1964), keyinchalik V.A.Nikolayev (1973), A.A.Makunina va N.S.Selezneva 
(1974) kabilar o‗z ilmiy izlanishlarida alohida e‘tibor berishgan. Yana bir narsa 
haqida to‗xtalib o‗tmoq lozimki, ba‘zi bir tasnif tarxlarida landshaftlarning ana shu 
xususiyatlariga e‘tibor berilgan-u, faqat birlikning nomi boshqacha, ya‘ni guruh 
emas, balki qator deb atalgan. 
Landshaftlar guruhi o‗z navbatida landshaft turlariga bo‗linib ketadi. Bu tasnif 
birligi deyarli barcha tasnif tarxlarida uchraydi. Uning izohi ham mazmun jihatidan 
deyarli bir-biriga yaqin. Faqat A.G.Isachenko tuzgan tasnif tarxidagi tur birligi 
o‗zining hajmi va mazmuni jihatidan V.A.Nikolayev tarxidagi landshaft qismlariga 
mos keladi. 
Landshaft turlarini aniqlashda tuproq va bioiqlim belgilariga asoslanishga 
to‗g‗ri keladi. Jumladan tuproq turlari, o‗simlik formatsiyalari sinfi va x.k. 
N.A.Gvozdeskiy, V.A.Nikolayevlarning tasnif tarxlarida landshaft turlari haqida 


50 
gap borganda asosan landshaftlarning zonal turlari nazarda tutiladi. Masalan, 
tundra landshaftlari bir turga kirsa, dasht landshaftlari boshqa turga, cho‗l 
landshaftlari esa yana bir boshqa turga kiradi. 
Landshaftlarning bunday zonal turlarga bo‗linib ketishi asosan elyuvial 
landshaftlar guruhiga xosdir. Lekin tabiatda ob‘ektiv mavjud bo‗lgan botqoqlik 
landshaftlari, o‗tloq landshaftlar, sho‗rxok landshaftlar kabi boshqa guruhga 
kiruvchi intrazonal landshaftlarni alohida tur sifatida ajratish lozim bo‗ladi. 
Bunday bo‗lishi mumkinligini N.A.Gvozdeskiy (1961), M.A.Glazovskaya (1964), 
F.N. Milkov (1967) lar ham e‘tirof etadilar. 
Landshaftlar tasnifinig keyingi birligi kichik tur bo‗lib, kichik zonalarga xos 
belgilarga asoslanib aniqlanadi. Masalan, (O‗rta Osiyo) tekisliklaridagi cho‗l 
landshaftlari ikkita kichik turga, ya‘ni shimoliy cho‗l landshaftlari va janubiy cho‗l 
landshaftlariga bo‗linib ketadi. 
Landshaft turlari yoki kichik turlari o‗z navbatida landshaft toifalariga 
bo‗linadi. Qaysi landshaft qaysi toifaga mansub ekanligini aniqlashda ayrim 
landshaftshunoslar (N.A.Gvozdeskiy, V.A.Nikolayev) geomorfologik belgilarga 
asoslanishsa, ayrimlari (Yurenkov 1982) esa ma‘lum landshaft turlari ichidagi 
provinsial xususiyatlarga ko‗proq e‘tibor berishadi. Geomorfologik omil asos qilib 
olingan sharoitda esa e‘tiborni ko‗proq relefning genetik turlarini o‗rganishga 
qaratish kerak bo‗ladi. 
Landshaft toifalari ichida kichik toifa birligini ajratishga to‗g‗ri kelib qolgan 
hollarda asosiy belgi sifatida landshaft tashkil qiluvchi jinslarning litologik 
tuzilishiga ko‗proq e‘tiborga beriladi. 
Eng kichik tasnif birligi landshaft xillaridir. Bu birlik genezisi va ichki 
tuzilishi bir xil bo‗lgan idividual landshaftlarning majmuini aks ettiruvchi
birlikdir. Landshaft xillarining bir-biridan farqlantiruvchi asosiy belgisi 
landshaftdagi xukmron urochishelarning o‗xshashligidir. A.G.Isachenko (1991) 
ham landshaft xillarini aniqlashda landshaftlarning morfologik tuzilishi eng asosiy 
belgi ekanligini e‘tirof etadi. 
Bitta xilga mansub bo‗lgan landshaftlarni albatta aynan yoki har tamonlama 
bir-biriga o‗xshash deb bo‗lmaydi. Ko‗pincha bir xilga mansub landshaftlarda 
xukmron urochishelar umumiyligi bo‗lgan taqdirda ham xukmron bo‗lmagan 
urochishelar va fatsiyalar tarkibi yoki egallagan maydoni jihatidan turlicha bo‗lishi 
mumkin. Ana shunday hollarda landshaft xillari ichida yana bir tasnif birligi 
landshaftlarning kichik xili yoki morfologik variantini ajratishga to‗g‗ri keladi. 
Keyinchalik V.A.Nikolayev (1999) kichik qism va birliklari oralig‗ida yana bir 
tasnif birligini, ya‘ni landshaftlar oilasini ajratishni lozim topdi. Bir qism yoki 
kichik qismga taaluqli landshaftlar turlm tabiiy geografik o‗lkalarda uchrashi 
mumkinligini inobatga olgan muallif muayyan tabiiy geografik o‗lkaga oid bo‗lgan 
landshaftlarning kichik qismlarini bir oilaga birlashtirish maqsadga muvofiq 
bo‗ladi deb hisoblaydi. Bunda landshaftlarning regional xususiyatlari ham 
e‘tiborga olingan bo‗lar ekan. 
Shunday qilib, V.A.Nikolayev ishlab chiqqan tasnif jadvali ko‗p pog‗onali 
bo‗lib, har bir pog‗onani aniqlashda asos bo‗la oladigan ko‗plab tasnif belgilari 
keltirilgan. Ushbu tasnif jadvaliga asoslanib Qarshi dashti (I.Hasanov), Janubiy 


51 
Orolbo‗yi (A.Rafiqov, I.Hasanov), Turon tekisliklari (N.A.Kogay, Sh.S.Zokirov), 
Amudaryo va Sirdaryo oralig‗i (Sh.S.Zokirov) landshaftlarini o‗rganish yaxshi 
natijalar berdi. Quyida biz misol tariqasida ikki daryo oralig‗i landshaftlari 
tasnifini keltiramiz. 
Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida joylashgan yerlar tabiiy sharoiti jihatidan 
o‗ziga xosdir. Bu yerlarda biz qumliklarni, hozirgi va qadimgi allyuvial-delta 
tekisliklarini, Sharqiy Orolbo‗yidagi hozirgi dengiz ostidan chiqqan tekisliklarni, 
Markaziy Qizilqum past tog‗lari va ularga tutashib ketgan prolyuvial tekisliklarni 
uchratamiz. Ularning har biri o‗ziga xos tabiatga ega bo‗lib, kelib chiqishi, yoshi 
turlichadir va turli ekzogen jarayonlar hamda ular bilan bog‗liq bo‗lgan turli rel‘ef 
bilan ta‘riflanadi. Bu o‗z navbatida bu yerlarda turli landshaftlarning 
shakllanishiga olib kelgan. 
Bu hudud tabiatiga xos bo‗lgan eng asosiy xususiyat hududning shimoldan 
janubga ancha masofaga cho‗zilganligi va tabiiy sharoitning kengliklar bo‗ylab 
zonalar hosil qilishidir. Bu yerda ikki iqlim zonasini, ya‘ni mo‗‘tadil va subtropik 
zonalarni ajratish mumkin. Ular orasidagi chegara janubi-g‗arbdan shimoli-sharqqa 
tomon tahminan Janadaryo quruq o‗zani yo‗nalishida o‗tib, ikkita landshaft 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin