O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Landshaft

Artezian suvlari – har xil chuqurlikda suv o‗tkazmaydigan qatlamlar 
oralig‗ida hosil bo‗lgan yer osti suvlari. Artezian suvlari bosim ostida bo‗ladi, 
shuning uchun burg‗ qudug‗i qazilganda suvli qatlamnnng shipidan yuqori 
ko‗tariladi, bosim yetarli darajada kuchli bo‗lganda esa yer yuziga ko‗tariladi yoki 
favvora bo‗lib chiqadi. Artezian so‗zi Fransiyadagi Artua viloyati nomidan 
olingan.
Atmosfera (yunoncha atmos – bug‗, spharia – kurra) – Yer bilan bir 
butundek birga aylanadigan havo qobig‗i. A.ning Yer yuzidan 100-200 km 


72 
balandlikkacha bo‗lgan qatlami azot (78,1%), kislorod (20,9%), argon (0,9%) va 
karbonat angidrid gazi (0,03%) aralashmasidan iborat. A. da bu gazlardan tashqari 
suv bug‗lari, chang va juda kam miqdorda siyrak gazlar bor. A. da 10 km gacha 
balandlikda asosan yerda hosil bo‗lgan chang bo‗ladi. Katta balandliklarda esa, 
meteor jismlar yonishidan hosil bo‗lgan kosmik chang bo‗ladi. Ayniqsa, atmos-
feraning yerga yaqin qatlamida chang ko‗p, bu yerda 1 kub sm quruq havoda 100 
mingtagacha chang zarralari bor. Balandlik ortgan sari atmosferaning zichligi, 
bosimi, harorati va boshqa fizik hamda kimyoviy xossalari o‗zgaradi. A. Quyidagi 
5 qatlamga bo‗linadi: troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera yoki ionosfera, 
ekzosfera. 
Baland tog‘lar – rel‘efning morfogenetik tipi, balandligi 2000 m dan yuqori 
bo‗lgan tog‗lar. Yuqorida muz bilan qoplanganligi sababli muz hosil qilgan rel‘ef 
shakllari keng tarqalgan bo‗ladi. Bunday tog‗larga Himolay, Tyanshan, Al‘p, 
Pomir, Kavkaz, Oltoy va b. tog‗lar kiradi. 
Barxan – o‗simlik bilan qoplanmagan ko‗chma qum do‗ngi. Shamol ta‘sirida 
bir joydan ikkinchi joyga ko‗chib yuradi. Yillik ko‗chish tezligi bir necha sm dan 
yuzlab m ga yetadi.
Biosfera (yunoncha bio – hayot, spharia – shar, kurra) – Yerning hayotga 
makon bo‗lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi, qobig‗i. B. atmosferaning pastki 
qismi (troposfera)ni okean, dengiz, ko‗l va daryo suvlari (gidrosfera) ni hamda Yer 
po‗stining ustki qismi (litosfera) ni o‗z ichiga oladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin