Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi
hamda o‘qituvchi xodim o‘rtasida tuzilgan
SHARTNOMA № ____
Surxondaryo viloyati 2023-yil “___”-___________
Surxondaryo viloyati hokimi v/b Qosimov Ulug’bek Berdiqobilovich Surxondaryo viloyati hokimligi nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi (keyingi o‘rinlarda – “Buyurtmachi”) bir tomondan, Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Kurbonov Utkir Ibragimovich (keyingi o‘rinlarda – “Muvofiqlashtiruvchi”) viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi ikkinchi tomondan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi _________________________________________________________ ___________________________________________________________________________
(oliy ma’lumotli (O‘qituvchi) ning F.I.SH.)
(pasport/ID seriyasi _____, raqami _______________ ) (keyingi o‘rinlarda – “O‘qituvchi”) uchinchi tomondan (keyingi o‘rinlarda birgalikda – “Taraflar”) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda – “Shartnoma”)ni tuzdilar:
1. Shartnomaning predmeti
1.1 “Buyurtmachi” oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan va boshqa hududda yashovchi o‘qituvchi olis va chekka hududlarda joylashgan ta’lim muassasasida ishga qabul qilinganda, ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan ________________________ so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘lari, uy-joyi bo‘lmaganlariga esa 3 yil davomida tegishli yashash sharoitlari mavjud bo‘lgan xizmat uy-joylari berish yoki bazaviy hisoblash miqdorining
2 baravari miqdorida har oylik ijara to‘lovlarini viloyat mahalliy budjeti hisobidan kompensatsiya qilish, O‘qituvchi esa Muvofiqlashtiruvchi tomonidan Buyurtmachi bilan kelishilgan holda belgilab beriladigan olis va chekka hududlarda joylashgan ta’lim muassasasida belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: |