71
GLOSSARIY
Abiogen bosqich – Geografik qobiqning vujudga kelishi va rivojlanishining
organik dunyosiz o‗tgan dastlabki bosqichi. A. b. geografik qobiq
taraqqiyotining
arxey va proterozoy eralarini o‗z ichiga oladi. A. b. 2,5-3 mlrd. yil davom etgan
deb hisoblanadi. Geografik qobiq o‗z taraqqiyoti davomida A. b, dan keyin
biogen
bosqichga
, so‗ngra
antropogen bosqichga o‗tgan.
Abiogen omillar – geografik qobiq va landshaftlarning jonsiz tabiat ta‘sirida
mavjud bo‗lgan omillari. Masalan, birlamchi tog‗
jinslari, iqlim, relef, Yerning
ichki energiyasi hamda kosmik energiya.
Abraziya (qirg‗oq yemirilishi), (lotincha –
avragio – sindirish) - dengiz, ko‗l,
yirik suv, omborlari qirg‗oqlariniyag to‗lqinlar ta‘sirida yemirilishi.
Adirlar – O‗rta Osiyo tog‗lari etagidagi cho‗l va chalacho‗l qirlar. Neogen va
antropogen davrlarining cho‗kindi tog‗ jinslaridan tarkib topgan. Farg‗ona, Hisor,
Surxondaryo vodiylarida ko‗proq konglomerat va chaqiqtoshlardan iborat bo‗lib,
ba‘zi joylarda lyoss bilan qoplangan. Adirlar past-baland bo‗ladi. Ularni ko‗p
joylarda soy hamda jarlar kesib o‗tib, ayrim-ayrim qismlarga bo‗lib oborgan.
Adirlarning mutlaq balandligi 400-500 m dan 1000-1500 m gacha boradi.
Allyuviy (lotincha
alluvio yotqiziq) – doimiy yoki vaqtli oqar suvlar keltirib
yotqizgan tog‗ jinslari. Ko‗proq
mayda tosh, shag‗al, qum va gillardan iborat
bo‗ladi. Ba‘zi
tekisliklar, daryolarning qayirlari va terrasalari (ko‗hna qayir)
shunday jinslardan tashkil topgan.
Alp burmalanishi – Yer tarixining kaynozoy erasida ro‗y
bergan
burmalanish. Nomi shu burmalanishda vujudga kelgan Al‘p tog‗lari nomidan
olingan. A. b. davrida hozirgi mavjud ko‗p yosh tog‗ tizmalari hosil bo‗lgan. Bular
ikki tog‗ mintaqasini tashkil etadi: Al‘p-Himolay (Pireneya, Andalusiya, Atlas,
Apennin, Al‘p, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindikush, Himolay,
Birma) va Tinch okean (Koryak,
Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya,
Yangi Zelandiya, Antarktida yarim oroli, And, Kordil‘era) tog‗lari mintaqalari.
Antekliza (yunoncha
anti –
qarshi va
klisis– og‗ish) –
platformalarda yer
po‗stining salgina ko‗tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar.
Kengligi bir necha yuz km ga yetishi mumkin. Yer po‗stining uzoq vaqt davomida
asta-sekin ko‗tarilishi natijasida hosil bo‗ladi.
Antiklinal (yunoncha
anti – qarshi, zid,
klino - og‗diraman) – tog‗
paydo
bo‗lishi jarayonida burmalanishga uchragan qatlamlarning yuqori va pastga qarab
bukilishidan hosil bo‗ladigan shakl. Bukilish natijasida hosil bo‗lgan shakllarning
yuqoriga ko‗tarilganiga antiklinal deyiladi.
Dostları ilə paylaş: