O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Landshaft

 


71 
GLOSSARIY 
Abiogen bosqich – Geografik qobiqning vujudga kelishi va rivojlanishining 
organik dunyosiz o‗tgan dastlabki bosqichi. A. b. geografik qobiq taraqqiyotining 
arxey va proterozoy eralarini o‗z ichiga oladi. A. b. 2,5-3 mlrd. yil davom etgan 
deb hisoblanadi. Geografik qobiq o‗z taraqqiyoti davomida A. b, dan keyin biogen 
bosqichga, so‗ngra antropogen bosqichga o‗tgan. 
Abiogen omillar – geografik qobiq va landshaftlarning jonsiz tabiat ta‘sirida 
mavjud bo‗lgan omillari. Masalan, birlamchi tog‗ jinslari, iqlim, relef, Yerning 
ichki energiyasi hamda kosmik energiya. 
Abraziya (qirg‗oq yemirilishi), (lotincha – avragio – sindirish) - dengiz, ko‗l, 
yirik suv, omborlari qirg‗oqlariniyag to‗lqinlar ta‘sirida yemirilishi.
Adirlar – O‗rta Osiyo tog‗lari etagidagi cho‗l va chalacho‗l qirlar. Neogen va 
antropogen davrlarining cho‗kindi tog‗ jinslaridan tarkib topgan. Farg‗ona, Hisor, 
Surxondaryo vodiylarida ko‗proq konglomerat va chaqiqtoshlardan iborat bo‗lib, 
ba‘zi joylarda lyoss bilan qoplangan. Adirlar past-baland bo‗ladi. Ularni ko‗p 
joylarda soy hamda jarlar kesib o‗tib, ayrim-ayrim qismlarga bo‗lib oborgan. 
Adirlarning mutlaq balandligi 400-500 m dan 1000-1500 m gacha boradi.
Allyuviy (lotincha alluvio yotqiziq) – doimiy yoki vaqtli oqar suvlar keltirib 
yotqizgan tog‗ jinslari. Ko‗proq mayda tosh, shag‗al, qum va gillardan iborat 
bo‗ladi. Ba‘zi tekisliklar, daryolarning qayirlari va terrasalari (ko‗hna qayir) 
shunday jinslardan tashkil topgan.
Alp burmalanishi – Yer tarixining kaynozoy erasida ro‗y bergan 
burmalanish. Nomi shu burmalanishda vujudga kelgan Al‘p tog‗lari nomidan 
olingan. A. b. davrida hozirgi mavjud ko‗p yosh tog‗ tizmalari hosil bo‗lgan. Bular 
ikki tog‗ mintaqasini tashkil etadi: Al‘p-Himolay (Pireneya, Andalusiya, Atlas, 
Apennin, Al‘p, Bolqon, Karpat, Kavkaz, Kichik Osiyo, Eron, Hindikush, Himolay, 
Birma) va Tinch okean (Koryak, Kamchatka, Saxalin, Yapon, Yangi Gvineya, 
Yangi Zelandiya, Antarktida yarim oroli, And, Kordil‘era) tog‗lari mintaqalari. 
Antekliza (yunoncha anti qarshi va klisis– og‗ish) – platformalarda yer 
po‗stining salgina ko‗tarilgan gumbazsimon shakllari, gumbazsimon qirlar. 
Kengligi bir necha yuz km ga yetishi mumkin. Yer po‗stining uzoq vaqt davomida 
asta-sekin ko‗tarilishi natijasida hosil bo‗ladi. 
Antiklinal (yunoncha anti – qarshi, zid, klino - og‗diraman) – tog‗ paydo 
bo‗lishi jarayonida burmalanishga uchragan qatlamlarning yuqori va pastga qarab 
bukilishidan hosil bo‗ladigan shakl. Bukilish natijasida hosil bo‗lgan shakllarning 
yuqoriga ko‗tarilganiga antiklinal deyiladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin