O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Voha – chalacho‗l va cho‗llarda o‗simlik bilan qoplangan, aholi yashaydigan  obod joy. Geografik qobiq



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/25
tarix27.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#85867
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Landshaft

Voha – chalacho‗l va cho‗llarda o‗simlik bilan qoplangan, aholi yashaydigan 
obod joy.
Geografik qobiq (landshaft qobig‗i) – Yerning litosfera, gidrosfera, 
atmosferalar tutashib va bir-biriga ta‘sir etib hosil qilgan bir butun qobig‗i, inson 
yashaydigan va faoliyat ko‗rsatadigan muhit.
Geofizika (yunoncha geo – Yer, fyuzis – tabiatshunoslik asosi) – Yerning ichki 
tuzilishini, geografik sferalarda (atmosfera, gidrosfera, Yer po‗sti, mantiya, Yer 
mag‗zida) ro‗y beradigan jarayonlarni o‗rganuvchi fanlar turkumi.
Gersin burmalanishi – paleozoy erasining devon davri o‗rtalaridan mezozoy 
erasining trias davri o‗rtalarigacha davom etgan tog‗ hosil bo‗lish bosqichi.
Gidrosfera (yunoncha gidro – suv, sfera – shar) – Yer sharining okean va 
dengizlar, daryo va ko‗llar, qor va muzliklar, atmosferadagi suvlar va yer osti 
suvlaridan iborat suv qobig‗i. Gidrosferaning 96,5% i okean va dengizlarga, 17% i 
yer osti suvlariga, 1,7% i muz va qor suvlariga to‗g‗ri keladi. Bundan tashqari, 
atmosfera va tirik organizmlar tarkibida oz miqdorda suv bor. Gidrosferaning 
umumiy hajmi 1386 mln. kub km. 
Daryo vodiysi – yer yuzasida uzunasiga cho‗zilgan qiyosan kambar
soylik. D V-lari oqar suvlarning ishi natijasida vujudga kelgan bo‗lib, daryo 
oqadigan tomonga nishab va ko‗pincha egri-bugri bo‗ladi.  
Daryo havzasi – biron-bir daryo sistemasiga suv keladigan maydon, hudud.
D. h-ni ko‗pincha daryoning, suv yig‗adigan havzasi deyiladi.
Delta – daryoning dengizga yoki ko‗lga quyilish joyida suvda oqib kelgan
jinslarning cho‗kib to‗planishidan hosil bo‗lgan tekislik.
Yerning landshaft sferasi – Geografik qobiqning yer yuzasiga yaqin bo‗lgan 
markaziy qismi, uning biologik fokusi. Shu sferada litosfera, atmosfera, gidrosfera 
va biosfera bir-biriga bevosita tutashib, faol o‗zaro ta‘sirda va o‗zaro bog‗liqlikda 
bo‗ladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin