74
Qarang. Iqlim hosil qiluvchi omillar.
Iqlim ob-havodan farq qilib, barqaror
bo‗ladi. U yillar, asrlar mobaynida o‗zgaradi.
Kaynozoy erasi (yunoncha
kaynos – yangi,
zoye – hayot) –
Yer geologik
tarixining eng yangi erasi. 67 mln. yil davom etayapti. Uchta davrga bo‗linadi:
paleogen, neogen va antropogen. Shu erada paydo bo‗lgan tog‗ jinslari kaynozoy
tog‗ jinslari (yotqiziqlari) deyiladi. Yerning hozirgi zamon tabiati K.e.
da tarkib
topgan.
Karst, karst hodisasi (Yugoslaviyadagi karst platosi nomidan olingan) –
suvda yaxshi eriydigan tog‗ jinslari (ohaktosh, bo‗r, dolomit, gips, tuzlar) ni yer
osti suvlari eritib olib ketishi natijasida ro‗y beradigan jarayonlar. Natijada tog‗
jinslari orasida bo‗shliqlar – g‗orlar, yo‗laklar hosil bo‗ladi. O‗pirilmalar ro‗y
berib, yer yuzasida
voronkasimon chuqurliklar, yoriqlar vujudga keladi. Yer
yuzidagi oqar suvlar yer ostiga tushib ketib,
yer osti daryolari, ko‗llari hosil bo‗-
ladi. Qrimda, Kavkaz, Uralda ko‗p uchraydi. O‗zbekistonda Hisor, Chotqol, Nurota
tog‗larida, Ustyurtda ro‗y beradi.
Landshaft (nemischa
land – yer va
shaft – o‗zaro bog‗liq) – tabiiy tuzilishi,
ya‘ni geologik zamini, relefi, iqlimi,
tuproqlari, o‗simlik turkumi, hayvonot
dunyosi, yer osti va yer usti suvlari rejimi nisbatan bir xil bo‗lgan hudud. O‗zining
strukturasi, ya‘ni komponentlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalari va o‗zaro bog‗liqligi
xususiyati bilan yonidagi boshqa joylardan farq qiladi. Geosistema xillaridan biri.
Dostları ilə paylaş: